21:14 / 30.09.2022
7623

Shvetsiya Turkiyaga qurol eksport qilishga qo‘yilgan embargoni bekor qildi 

Shvetsiya qurol eksportini nazorat qilish davlat agentligi 2019 yil oktyabrda Turkiyaga qurol sotilishini taqiqlab qo‘ygandi. 

Foto: Anadolu Agency

Shvetsiya qurol eksportini nazorat qilish davlat agentligi (ISP) Turkiyaga qurol eksport qilishga qo‘yilgan embargoni bekor qildi. Bu haqda “Onado‘lu” agentligi xabar berdi.

ISP bayonotida aytilishicha, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasiga nisbatan Anqaraning pozitsiyasi sababli Turkiyaga qurol eksport qilishga ruxsat berilgan.

ISP rahbari Karl Eversson 29 may kuni Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun bergan arizasi bo‘yicha Turkiya bilan muzokara olib borilayotganini aytgandi.

Eversson jumladan, «Turkiya hozirda bizning qurolimizga muhtoj emas. Biz har bir alohida holat bo‘yicha Turkiyaga qurol sotishni ko‘rib chiqishimiz mumkin» degandi. 

Shvetsiyaning tankka qarshi AT-4 quroli qanday qilib kurd jangarilari qo‘liga tushib qolgani to‘g‘risidagi savolga Eversson shunday javob qaytargandi: «Biz bu mahsulotni eksport qilmaymiz. Bu qurol AQSh litsenziyasi bo‘yicha ishlab chiqariladi va ularni roziliksiz uchinchi mamlakatlarga jo‘natish mumkin emas». 

ISP 2019 yil oktyabrda Turkiyaga qurol sotilishini taqiqlab qo‘ygandi.

Mavzuga oid
Top