Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha Ikkinchi jahon urushidagi zarar uchun Germaniyadan 1,3 trln dollar talab qildi
Berlin Polshaning reparatsiya to‘g‘risidagi talabini bir necha marta rad etgan.
Polsha tashqi ishlar vaziri Zbignev Rau Ikkinchi jahon urushidagi zarar uchun Germaniyadan kompensatsiya to‘lash talab qilingan notani imzoladi. Bu haqda Polsha tashqi ishlar vazirligining Twitter sahifasida ma’lum qilindi.
AP agentligining yozishicha, Polsha 1,3 trln dollar so‘ragan. Rauning so‘zlariga ko‘ra, notada pul mablag‘lari to‘lanishi hamda okkupatsiya davrida Polshadan olib chiqib ketilgan san’at asarlari va arxivlarning qaytarilishi ko‘zda tutilgan.
Rau hujjatni xavfsizlik bo‘yicha Varshavada o‘tkaziladigan konferensiyaga keladigan Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashuvi arafasida imzoladi.
Zbignev Rauning qayd etishicha, nota Polshaning «Ikkinchi jahon urushidagi nemis agressiyasi va okkupatsiyasi oqibatlarini kompleks muvofiqlashtirish» niyatini ifodalaydi.
Berlin Polshaning reparatsiya to‘g‘risidagi talabini bir necha marta rad etgan. GFR hukumatining ta’kidlashicha, Polsha 1953 yilda Germaniyaga nisbatan talabidan voz kechgan va buni bir necha marta tasdiqlagan.
Mavzuga oid
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
11:20 / 08.06.2026
O‘zbekiston fuqarolarini Germaniya mehnat bozoriga jalb etish kengaytiriladi
08:40 / 06.06.2026