09:55 / 05.10.2022
4587

Hukumat budjetnomani parlamentga 15 oktyabrdan kechiktirmasdan kiritishi belgilanyapti

Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakat hayotiga daxldor bo‘lgan qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdi.

Foto: parliament.gov.uz

“Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Hujjat davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va qabul qilinishini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Belgilanayotgan normalar bilan “Davlat budjeti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi va budjetnoma Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oliy Majlis palatalariga 15 oktyabrdan kechiktirmasdan kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Muhokamalar davomida fraksiya a’zolari qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib, uni ma’qulladi.

Mavzuga oid
Top