2023 yil yakunlariga köra, davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalar miqdori 29 trln 255 mlrd sömni taşkil qilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda keltirib ötilgan.
Taqqoslaş uçun, 2021 yilda 5 trln 629,8 mlrd söm, 2022 yilda esa 12 trln 260,9 mlrd söm miqdorida subsidiya ajratilgan. Ötgan yilda subsidiyalar miqdori rekord darajada oşib, 2021 yilga nisbatan 5,2 barobarga, 2022 yilga nisbatan 2,4 barobarga köpaygan.
2023 yilda subsidiya mablağlarining katta qismi quyidagi maqsadlarda işlatilgan:
- içki bozorda tabiiy gazni ulgurji sotib oliş va sotiş örtasidagi zararlarni qoplaş – 17,99 trln söm (dastlab bu miqdor 12,4 trln söm bölişi közda tutilgan);
- nodavlat maktabgaça ta’lim muassasalariga subsidiyalar – 2,74 trln söm;
- issiqlik ta’minoti korxonalari zararini qoplaş xarajatlari – 1,72 trln söm;
- aholi tomonidan uy-joy sotib oliş uçun subsidiyalar – 1,1 trln söm;
- qişloq xöjaligi jamğarmasiga subsidiyalar – 848 mlrd söm;
- jamoat transportida yölovçilar taşiş uçun subsidiyalar – 838 mlrd söm;
- çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik xöjaliklari tomonidan yetiştirib sotilgan mahsulot uçun subsidiyalar – 603 mlrd söm.

Şuningdek, geologiya-qidiruv işlariga 1,02 trln söm subsidiya berilgan. Dastlab uşbu maqsadlar uçun 990 mlrd söm yönaltirilişi közda tutilgan bölgan.
Avvalroq, 2023 yilda Özbekistonda konsolidatsiyalaşgan budjet xarajatlari daromadlardan 59 trln söm yoki 5 mlrd dollardan köproqqa oşib ketgani xabar qilingandi.













