OFK kubogi. «So‘g‘diyona» penaltilar seriyasida «Kuala Lumpur»ga mag‘lub bo‘lib, finalga chiqa olmadi
OFK kubogi yarimfinali doirasida «So‘g‘diyona» Jizzaxda Malayziyaning «Kuala Lumpur Siti» jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Qariyb 10 ming tomoshabin qarshisida o‘tgan bahs 120 daqiqa davom etdi va tomonlar to‘rtta bo‘limda durang qayd etishdi – 0:0.
Bir o‘yindan iborat bahsda hisob ochilmagach, hakam jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etdi. Seriyadan avval jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev darvozabon Milan Mitrovich o‘rniga Shirinboy Abdullayevni maydonga tushirdi. Biroq Shahboz Jo‘rabekovning omadsiz zarbasidan keyin u jamoasini omadsizlikdan qutqara olmadi.
Shu tariqa, finalda «Kuala Lumpur» Ummonning «As-Sib» klubiga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi. Hal qiluvchi o‘yin 22 oktabr kuni o‘tkaziladi.
OFK kubogi. Yarimfinal (Hududlararo final).
«So‘g‘diyona» – «Kuala Lumpur Siti» - 0:0. Penaltilar seriyasi: 3:5
Bosh hakam: Ali Saboh Al Qaysi (Iroq)
«So‘g‘diyona»: 27.Milan Mitrovich (Shirinboy Abdullayev, 120), 2.Sardor Qulmatov, 6.Iskandar Shoyqulov (77.Daniyel Nasriddinov, 107), 7.Shahboz Jo‘rabekov, 10.Shohruz Norxonov (17.Husniddin G‘ofurov, 112), 11.Jasur Hasanov, 19.Javohir Qahramonov, 21.Abdujalil Manazarov (5.Ayubxon No‘’monov, 112), 26.Vitaliy Denisov (39.Shavkat Salomov, 68), 31.Luka Chermel, 93.Marko Kolakovich.
«Kuala Lumpur»: 1.Kevin Mendosa, 4.Kamol Aziziy, 6.Rayan Lambert (21.Kenni Pallaraj, 100), 7.Romel Morales, 8.Zafri Yahyo (30.Fakrul Ayman, 100), 9.Jankarlo Gallifuoko, 12.Deklan Lambert (25.Anvar Ibrohim, 100), 14.Akrom Mahinon, 16.Janasekaran Partiban, 17.Irfon Zakariya, 28.Paulo Jozue.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Ilon Mask Trampning saylovoldi kampaniyasi vaqtida giyohvand moddalar iste’mol qilgan
Jahon | 09:00
-
Tojikistondan 16 kg giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi
O‘zbekiston | 08:28
-
Bryanskda yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor
Jahon | 05:14
-
«PSJ» finalda «Inter»ga 5 ta gol urdi
Sport | 01:49
Mavzuga oid

15:05 / 12.08.2023
Farg‘onadagi o‘yinda dam solingan «muqaddas suv» mojarosi: Mitrovich nega jazavaga tushdi?

14:11 / 12.08.2023
Farg‘onada serbiyalik darvozabon yosh bolalarni so‘kdi, o‘yindan keyin hakamlarga «bakalajka» otildi

17:06 / 31.07.2023
Boshkovich sobiq klubini yengdi, rossiyalik murabbiyda omadsiz debyut – fotojamlanma

18:58 / 26.01.2023