O‘zbekiston | 14:02 / 05.10.2022
35039
5 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Fan va Texnologiyalar Universiteti ochildi

Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti

3 oktabr kuni Toshkentda Fan va Texnologiyalar universitetining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti

Fan va texnologiyalar Universiteti Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziya asosida   o‘z faoliyatini boshladi. Joriy  2022-2023 o‘quv yili uchun  saralab olingan abituriyentlar talabalikning ilk kunini tantanavor ruhda qarshi olishdi.

Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti
Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti

Oliy ta’lim muassasasining ochilishi marosimida talabalar va ularning ota-onalaridan tashqari, jamoatchilik faollari, shoir-yozuvchilar ishtirok etishdi. Jumladan, serqirra ijodkor Bobur Bobomurod, Yozuvchilar uyushmasi matbuot kotibi Fozil Farhod, shoira Munira Ramazonova, Siyosiy davrada o‘z fikri va auditoriyasiga ega deputat, bloger Bobur Yo‘ldoshev, pedagogika fanlari doktori Dildora Po‘latova kabi mutaxassislarning iliq fikrlari yoshlarni ruhlantirdi. Tadbirda talabalar tezkor savol-javob, kim ko‘p badiiy asar o‘qigan, bahribayt kabi ilmga yo‘g‘rilgan o‘yinlarda faol ishtirok etishdi. G‘oliblar kitob bilan mukofotlandilar.

Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti
Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti
Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti
Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti
Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti
Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti
Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti

“Universitetimiz zamonaviy texnologiyalar asosida ta’lim beradi. Professor ustozlar, fan nomzodlari va o‘qituvchilar talabalarga ilm o‘rgatish bilan birga amaliyot va mutaxassislik metodikasini o‘rgatib boradilar. Axborot resurs markazimiz va elektron kutubxonamiz minglab ilmiy va badiiy adabiyotlar, jahonga mashhur asarlar va darsliklarni qamrab olgan. O‘qitishda yangi innovatsion usullardan foydalanishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi talabalar kompetentini oshirishga xizmat qiladi”,- deya ta’kidladi tadbirda so‘zga chiqqan Fan va Texnologiyalar Universiteti rektori Anvar Hamdamov.

Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti

Boshlovchi Anvar Azimov sahnaga elimiz suygan xonanda Yorqinxo‘ja Umarovni taklif qilgandan so‘ng davraga yanada fayz kirdi. Kuy-qo‘shiqlar va go‘zal satrlar barchaning kayfiyatiga kayfiyat qo‘shdi.

Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti
Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti

Fan va Texnologiyalar Universiteti o‘quv jarayoniga yangi zamonaviy ta’lim usullari asosida bilim berishni joriy qilmoqda. Muassasada professorlar, fan nomzodlari, tajribali va malakali mutaxassislar ta’lim berishadi. Talabalarga nafaqat bilim berish, balki uni hayotga tatbiq etish, qo‘llash uchun amaliyot birga olib boriladi.

Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti

Universitetning maqsadi:

- So‘nggi zamonaviy standartlarga javob beradigan ta’lim kontenti;

- Jahon standartlariga javob beradigan yetuk mutaxassis;

- Xorijiy ta’lim integratsiyasi asosidagi ta’lim muhiti;

- Kasbiy kompetensiyaga ega bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlashdan iborat.

Yangi oliy ta’lim muassasasi kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakli asosida quyidagi ta’lim yo‘nalishlarida talabalarni qabul qiladi:

- Moliya va moliyaviy texnologiyalar;

- Bank ishi va audit;

- Turizm;

- Maktabgacha ta’lim;

- Boshlang‘ich ta’lim.

Universitetda yaqin kelajakda:

- Logistika;

- Tarix;

- Ingliz tili;

- Psixologiya kabi ta’lim yo‘nalishlarida ham talabalarni tayyorlash rejalashtirilgan. 

Foto: Fan va Texnologiyalar Universiteti

Sizda bu oliygoh talabasi bo‘lishga hali imkon bor. Fan va Texnologiyalar Universitetida qabul davom etmoqda. Hujjatlaringizni topshirib, suhbat asosida moliya, pedagogika, turizm sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘ling.

Zamonaviy bilimlarga ega bo‘lish uchun zamonaviy ta’lim muassasasini tanlang!

Onlayn hujjat topshirish: admission.usat.uz

Ijtimoiy tarmoqlar:

Instagram: instagram.com/usatuz

Facebook: fb.com/usatuz

Telegram: t.me/usatuzb

Reklama huquqi asosida