Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya kompaniyasi Toshkentda Smart city loyihasini amalga oshirishi mumkin
Janubiy Koreya kompaniyasi rahbari Toshkent shahar hokimligida qabul qilindi.
O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi ko‘magida Daewoo Construction Group kompaniyasi raisi Jung Von Ju boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Delegatsiya vakillari Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Toshkent shahar hokimligi vakillari Daewoo Construction Group delegatsiyasini poytaxtda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan yirik loyihalardan biri bilan tanishtirdi. Poytaxt Yangihayot va Bektemir tumanlariga taalluqli bo‘lgan ushbu loyiha turar joylar, yirik savdo majmualari, sanoat hududi va ijtimoiy obektlar qurilishini o‘z ichiga oladi.
Daewoo Construction Group raisi Jung Von Ju bugungi kunda kompaniya tomonidan AQSh, Vetnam va Filippinda amalga oshirilayotgan yirik loyihalar – Smart city’lar borasida ma’lumot berdi. Toshkent bilan ham bu borada muhim kelishuvga erishilsa, ana shunday loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirdi. Janubiy Koreya yana ko‘plab kompaniyalari O‘zbekistonga kirib kelib, investitsiya kiritishini qo‘shimcha qildi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026