21:12 / 10.10.2022
43788

Rossiya Ukraina shaharlariga o‘nlab raketalar yog‘dirdi. Suratlar

RF mudofaa vazirligi «harbiy qo‘mondonlik, aloqa va energetika obektlari» nishonga olinganini ma’lum qildi. Putin «yuqori aniqlikdagi qurollar bilan yoppasiga zarba berilgani»ni aytdi. Ammo raketalar biznes-markazlar, xiyobonlar, aholi turar joylari va jamoat transporti bekatlariga kelib tushgan.

Reuters / Scanpix / LETA

10 oktyabr tongida Ukrainaning butun hududida shaharlar bo‘ylab raketa zarbalari yo‘llandi. Rossiya armiyasi Kiyev, Dnepr, Zaporijjya, Odessa, Lviv, Sumi, Kriviy Rih shaharlariga zarba berdi — bu shaharlarning ko‘pchiligida bir necha oydan buyon havo hujumlari kuzatilmagandi. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, Rossiya harbiylari Ukraina shaharlari bo‘ylab 80 dan ortiq raketa uchirgan, shundan yarmi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali tutib qolingan. Ukraina politsiyasiga ko‘ra, zarbalar oqibatida jami 11 kishi halok bo‘lgan, 64 kishi yaralangan.

Rossiya prezidenti Volodimir Putin bu «Kiyev rejimi jinoyatlariga javob» ekanini aytdi va RF hududida «teraktlar davom etgan taqdirda» «qat’iy» javob qaytarilishini va’da qildi. RF mudofaa vazirligi «harbiy qo‘mondonlik, aloqa va energetika obektlari» nishonga olinganini ma’lum qildi.

Bu zarbalar Qrim ko‘prigida portlash ro‘y berib, Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlariga yangi qo‘mondon etib fuqarolik infratuzilmalarini yoppasiga o‘qqa tutish tarafdori hisoblangan Sergey Surovikin tayinlanishidan ikki kun o‘tib amalga oshirildi.

Kiyev

  • Shevchenkovskiy va Solomenskiy rayonlaridagi obektlar;
  • muhim infratuzilma obektlari (shahar meri Vitaliy Klichkoning so‘zlaridan ular aynan qayerda joylashilgani anglashilmagan), jumladan shahar markazidagi suv o‘tkazish tarmog‘i;
  • «101 Tower» biznes-markazi binosi, bu yerda Germaniya elchixonasining viza bo‘limi ham joylashgan;
  • «Vladimirskaya gorka» parkini Xalqlar do‘stligi arkasi bilan bog‘laydigan piyodalar va velosiped ko‘prigi; uni «Klichko ko‘prigi» deb ham atashadi;
  • markaziy temiryo‘l vokzali hududi, vokzal binosi derazalari to‘kilib ketgan;
  • Taras Shevchenko bulvari va Vladimirskoy ko‘chasi kesishmasi: bir necha avtomobil yonib ketgan, atrofdagi uylarning oynalari to‘kilgan;
  • Taras Shevchenko nomidagi bog‘; snaryad bolalar maydoni yaqiniga tushgan.

Qurbonlar
Besh kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi yaralandi.

Kiyev oblasti

  • oblastning uy rayonida muhim infratuzilma obektlariga zarbalar, jumladan bir IES;
  • Obuxovskoye qishlog‘i va Vishgorod rayonida aholi uylari shikastlangan;
  • Brovari rayonida fuqarolik infratuzilmasi shikastlangan.

Qurbonlar
To‘qqiz kishi jabrlangan, xarobalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin.

Dnepropetrovsk oblasti

  • muhim infratuzilma obektlari, aholi yashash kvartallari, jamoat transporti bekatlari, avtomobillar;
  • Dneprda raketalardan biri yo‘l ustiga tushgan, natijada avtobus shikastlangan.

Qurbonlar
Kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan, 19 kishi yaralangan.

Poltava oblasti

  • Kremenchuk rayonida energetika obektlari.

Ivano-Frankivsk oblasti

  • muhim infratuzilma obektlari, jumladan Burshtinskiy IES hududi.

Lviv oblasti

  • muhim infratuzilma obektlari, jumladan Lvivda, shahar IES faoliyati to‘xtatilgan.

Sumi oblasti

  • Konotopdagi muhim infratuzilma obektlari.

Qurbonlar
Yaralanganlar bor, ularning soni aniqlashtirilmoqda.

Xmelnitskiy oblasti

  • Xmelnitsiydagi muhim infratuzilma obektlari, atrofdagi uylarning derazalari to‘kilgan.

Xarkiv oblasti

  • Xarkiv shahri va oblastdagi energetika obektlari va boshqa muhim infratuzilmalar.

Jitomir oblasti

  • muhim infratuzilma obektlari.

Kiyev

Kiyev ko‘chalarida yonayotgan avtomobillar
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Otishmalar oqibatida bir qismi qulab tushgan ofis binosi
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi kelib tushgan joyda turgan mahalliy aholi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Shahar o‘qqa tutilgan vaqtda yaralanganlar tibbiy yordam olmoqda. Kiyev rasmiylariga ko‘ra, hujum vaqtida kamida 50 kishi yaralangan; besh kishi halok bo‘lgan.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Zarbalar vaqtida halok bo‘lgan kishi jasadi
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

WOLFGANG SCHWAN/ANADOLU AGENCY
WOLFGANG SCHWAN/ANADOLU AGENCY

Zaporijjya 

Qutqaruvchilar ko‘p qavatli uyda otishma natijasida chiqqan yong‘inni o‘chirishmoqda. Zaporijjya 24 soat ichida ikkinchi bor o‘qqa tutildi. Bugungi zarbalar oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan.
Reuters / Scanpix / LETA
Xususiy uyga raketa kelib tushishi oqibatlari
UKRINFORMAGENCY / Scanpix / LETA

Dnepr 

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
O‘t o‘chiruvchi va politsiyachilar portlashdan hosil bo‘lgan o‘rani tekshirmoqda
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Otishmalar vaqtida shikastlangan avtobus
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
Zarbalar vaqtida halok bo‘lganlarning jasadlari. Dnepr rasmiylari hozircha qurbonlar haqida aniq ma’lumot bermagan
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA

Slovyansk

78 yoshli Valentina Bondarenko va uning turmush o‘rtog‘ining zarbalar vaqtida shikastlangan uyi. Bondarenkoning o‘zi zarba vaqtida uy yonidagi bog‘da bo‘lgan.
Leo Correa / AP / Scanpix / LETA
61 yoshli Petro Lisovoy raketa zarbasidan shikastlangan uyida
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi raketa zarbalaridan shikastlangan uyni tozalamoqda
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA

Lviv 

Pavlo Palamarchuk / Reuters / Scanpix / LETA
Pavlo Palamarchuk / Reuters / Scanpix / LETA

Xarkiv 

Zarbalar vaqtida metroga yashiringan odamlar
Francisco Seco / AP / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top