Özbekiston BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlariga muvofiq 2030 yilgaça çiqindilar hosil bölişi hajmini ikki baravarga kamaytiriş majburiyatini bajara olmasligi mumkin. Bu haqda 13 oktyabr kuni tanqidiy ruhda ötgan Parlament komissiyasining navbatdagi majlisida söz borgan.

Foto: Senat axborot xizmati

“Majlisda BRM 12-maqsadining 5-vazifasi, ya’ni çiqindilar hosil bölişining oldini oliş, qayta işlaş va takroriy foydalaniş böyiça çoralarni qabul qiliş orqali ularning hajmini 2030 yilgaça ikki baravarga qisqartiriş yuzasidan Buxoro va Toşkent viloyatlarida olib borilayotgan işlar muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida çiqindilar hosil bölişining oldini oliş, qayta işlaş va takroriy foydalaniş, sohaga milliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, bu borada tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş, umuman olganda, mazkur yönalişdagi işlarni kompleks amalga oşirişga qaratilgan taşkiliy-huquqiy asoslar yaratilgani va sohaga oid 39 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingani ta’kidlandi.

Amalga oşirilgan ijobiy işlar bilan birga, sohada mavjud köplab muammo va kamçiliklar saqlanib qolayotganligiga e’tibor qaratildi. 

Parlament komissiyasining işçi guruhi ötkazgan örganiş natijasida muayyan holatlar aniqlangan bölib, jumladan, Buxoro va Toşkent viloyatida çiqindi bilan boğliq işlarni amalga oşirişga oid mahalliy dasturlar işlab çiqilmagan va tasdiqlanmagan. 

Foto: Senat axborot xizmati

Buxoro viloyatida 20 ta, Toşkent viloyatida esa 21 ta ikkilamçi xomaşyoni qabul qiliş şoxobçalari noqonuniy faoliyat yuritmoqda.

Şuningdek, Özbekiston BRMga muvofiq 2030 yilgaça çiqindilar hosil bölişi hajmini ikki baravarga qisqartiriş majburiyatini olgan, biroq hozirda aholi yillik ösiş sur’atining prognozi inobatga olinsa, 2030 yilgaça çiqindilar hajmi ikki baravarga qisqarişi emas, aksinça tabiiy ravişda ikki baravarga ortişi kutilmoqda.

Senat raisi ana şu omillarni inobatga olgan holda çiqindilarni qayta işlaş va takroriy foydalaniş hajmini 4 baravargaça köpaytiriş zarur ekanligini alohida ta’kidladi.