Unga köra, Senat qömitalari quyidagi senatorlar rahbarligida faoliyat yuritadi:

Erkin Fayziyeviç Gadoyev – Budjet va iqtisodiy masalalar qömitasi raisi;

Abdulhakim Xuşboqoviç Eşmuratov – Sud-huquq va korrupsiyaga qarşi kuraşiş masalalari qömitasi raisi;

Qutbiddin Nukritdinoviç Burhonov – Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi raisi;

Bahrom Ismoiloviç Abdullayev – Fan, ta’lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi raisi;

Orzigul Möydinovna Qozixonova – Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi;

Anvar Mirzaahmedoviç Töyçiyev – Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi.

Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi hamda Odob-axloq komissiyasiga raislar saylanişi böyiça Senat matbuot xizmati xabarida ma’lumot berilmagan.

Yalpi majlisda Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi. Şuningdek, Sodiq Safoyev Senat raisining birinçi örinbosari, Amanbay Orinbayev Senat raisi örinbosari lavozimlarini saqlab qoldi.

Bir kun oldin Qonunçilik palatasi qömitalariga raislar