Toşkent viloyati Çirçiq şahrida ösayotgan 4 tup yonğoq kesib taşlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya boşqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Aniqlanişiça, şaharning “Iftixor” MFY Yangi Özbekiston massivi kiriş qismidagi 4 tup yonğoq kesib taşlangan. Daraxtlar savdo dökonlari va maişiy xizmat körsatiş obektlari quriş uçun möljallangan yer maydonida bölgan. Ekologiya boşqarmasi inspektorlari yonğoqlarni “D.S” MÇJ mas’ul xodimi ruxsatnomasiz kesganini aniqlagan.

Ma’lum bölişiça, huquqbuzar “Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida”gi qonunning tegişli moddalari talablarini buzgan va tabiatga 247,5 million söm miqdorida zarar yetkazgan. Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylaştirilib, Toşkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Oldinroq Yangiyölda 5 tup daraxtni noqonuniy kesib taşlagan şaxs tabiatga 533 mln söm zarar yetkazgani xabar qilingan edi.