Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AhadMix Group 2022 yilgi dzyudo bo‘yicha jahon chempionati uchun yoritish uskunalarini taqdim etdi
Kompaniya IJF chiroq va ovoz bo‘yicha rayderlari xalqaro standartlariga muvofiq tadbirni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatladi.
6-13 oktabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Dunyoning 82 davlatidan 571 nafar dzyudochi unda ishtirok etish uchun ariza topshirgan. Xalqaro musobaqa IJF (International Judo Federation)ning jahon reglamenti asosida tayyorlangan ko‘p funksiyali Humo Arena majmuasida tashkil etildi.
AhadMix Group jamoasi mamlakatimizdagi tarixiy voqealarning bir qismi ekanligidan faxrlanadi. Jamoa xalqaro tanlovni texnik qo‘llab-quvvatlashga mas’ul bo‘ldi va professional yoritish uskunalari va yuqori sifatli LED ekranlarni o‘rnatish bilan shug‘ullandi. Yastreb Sound hamkor kompaniyasi musobaqani ovoz uskunalari bilan ta’minladi. Ta’kidlash joizki, ish sifati Dzyudo federatsiyasi mutaxassislari tomonidan baholandi va tekshirildi, belgilangan xalqaro standartlarga muvofiqligi tasdiqlandi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, dzyudochilarimizning chiqishlarini tribunadan tomosha qildi. Shu kuni respublikaga ilk oltinni yurtimiz sportchisi Davlat Bobonov olib keldi va shaxsan prezident tomonidan taqdirlandi. Musobaqa O‘zbekistonga 90 kgdan 100 kggacha bo‘lgan vazn toifalarida jami 2 ta oltin medal keltirdi


Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatini tashkil etishda Milliy olimpiya qo‘mitasi, Sportni rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining xizmatlari katta bo‘ldi. Ular musobaqani O‘zbekistonda o‘tkazish g‘oyasini himoya qilib, mamlakatimiz xalqaro miqyosdagi tadbirlarni jahon qoidalariga muvofiq o‘tkazishga qodirligini isbotladi.
AhadMix Group jamoasi mamlakatimizda yirik global tadbirlarni o‘tkazish muhimligini tushunadi va ularning birinchi darajali tashkil etilishiga hissa qo‘shish imkoniyatini yuqori baholaydi. Kompaniya chempionatning oltin medal sohiblarini chin yurakdan tabriklaydi va tashkilotchilarga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiradi.

AhadMix Group yuqori sifatli va o‘z vaqtida ishlash tamoyillariga amal qiladi hamda hamkorlik va yangi loyihalar uchun doimo ochiq.
Tadbirlarni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi telefon raqami orqali olish mumkin: +998 (99) 880−91−19.
Instagram: @ahadmix_group
Facebook: fb.com/ahadmixgroup
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
19:53 / 27.02.2025
Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi
13:43 / 19.10.2024
Toshkentda harbiylar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi
17:16 / 03.08.2024