«Bolgar soyaboni»: KGB kommunistik tuzumga qarşi bölgan bolgariyalik siyosiy qoçoqni qanday zaharlagandi? (2-qism)
|18:55 / 15.10.202226 5939 min
1978 yilda 12 kun içida Fransiya va Buyuk Britaniyadan siyosiy boşpana olgan ikki nafar bolgariyalikka suiqasd uyuştiriladi. Parijda bölgan jurnalist, Bolgariya davlat xavfsizlik qömitasi sobiq xodimi Vladimir Kostov tirik qoladi. Londonda yaşayotgan maşhur yozuvçi Georgiy Markov esa vafot etadi. Öşanda KGB har ikki suiqasdda soyabon bilan niqoblangan maxsus quroldan foydalangandi.
Foto: epicenter.bgFoto: epicenter.bg
Ikkinçi jahon uruşidan keyin Şarqiy Yevropadagi bir qança davlat sovet ittifoqi ta’siriga tuşib qoladi. Ularda ham SSSRda bölganiday kommunistik partiya yakkahokimligi va ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan tuzum örnatiladi.
Bundan taşqari, xususiy mulkçilikka barham berilib, odamlardan yer-mulklari tortib olinadi va jamoa xöjaliklari tuziladi. Ming yillar davomida xususiy mulkçilikka asoslangan jamiyatda yaşagan odamlar yerlari tortib olinib, jamoa xöjaligiga qöşib yuborilişiga könikişi qiyin böladi.
Ana şunday holatda 1950-yillarda avvaliga Polşada, keyinçalik Vengriyada kommunistik rejimga qarşi keng kölamda namoyişlar ötkaziladi. 1978 yilda Pragada kommunistik tuzumga qarşi namoyişlar bölib ötadi. Ularning barçasi Moskva tomonidan ayovsiz bostiriladi.
Şundan söng 1990 yilgaça Şarqiy Yevropada yaşovçi xalqlar kommunistik tuzumda yaşaşga majbur böladi. Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, inson huquqlari toptaladigan jamiyatda yaşaşni xohlamaganlari esa Ğarb davlatlariga qoçib ketadi.
Ana şulardan biri avvaliga Bolgariya xavfsizlik xizmati bilan hamkorlik qilgan jurnalist Vladimir Kostov edi. U uzoq yillar mobaynida turli gazeta va jurnallarda boş muharrirlik qiliş bilan birga Bolgariya xavfsizlik kuçlari safida ham faoliyat olib boradi.
Foto: epicenter.bg
Kostovni Parijga Bolgariya televideniyesi muxbiri sifatida yuborişganidan biroz ötib, u Fransiyadan siyosiy boşpana söraydi. Şundan söng KGB uni soyabon yordamida zaharlaydi. Ammo Kostov tirik qoladi.
Bugun «Bolgar soyaboni» deyilsa, insonni zaharlovçi qurol tuşuniladi. Mazkur ibora paydo bölişiga 1978 yilda KGB tomonidan kommunistik tuzumga muxolif holda Ğarb davlatlaridan boşpana olib yaşab yurgan Vladimir Kostov va Georgiy Markovning aynan soyabon bilan niqoblangan maxsus qurol yordamida zaharlanişi sabab bölgan.
Vladimir Kostov haqida
Vladimir Kostov 1932 yilda Bolgariya poytaxti Sofiya şahrida tuğilgan. Ikkinçi jahon uruşi tugagandan söng örta maktabni bitirib avval komsomol, söng Bolgariya kommunistik partiyasi safiga kirgan.
1956-1969 yillar oraliğida öngga yaqin turli gazeta va jurnallarda işlaydi. Ana şu paytlardanoq u davlat xavfsizlik qömitasining norasmiy xodimi sifatida Bolgariya KGB bilan hamkorlik qila boşlaydi.
Mavzuga oid
1966 yilda Vladimir rasmiy ravişda Bolgariya davlat xavfsizlik qömitasiga işga qabul qilinadi. Şundan söng u Bolgariyadagi turli OAVda jurnalist niqobi ostida öz işini davom ettiradi. Xizmati davomida u mayor unvonigaça oladi.
1969-1971 yillarda Vladimir Bolgariya davlat radiosida işlaydi. 1974 yilda u Bolgariya televideniyesining Fransiyadagi muxbiri etib tayinlanadi va Parijga köçib ötadi.
Siyosiy boşpana söraş va kommunistik tuzumga qarşi tarğibotlar
1977 yilda Vladimir Kostov Fransiya hukumatidan siyosiy boşpana söraydi. Uning tarjimayi holi»dan yaxşi xabardor bölgan Fransiya xavfsizlik xizmati uni obdan tekşiradi. Vladimir rol öynamayotganiga işonç hosil qilingandan söng unga Fransiya siyosiy boşpana beradi.
Davlat xavfsizlik qömitasining mayor darajasidagi xodimi Fransiyadan siyosiy boşpana olişi Bolgariyada noxuşlik bilan qabul qilinadi. Buning ustiga, Kostov Bolgariya KGB haqida özida bölgan barça maxfiy ma’lumotlarni fransuzlarga taqdim etadi.
Vladimir Kostov 1990-yillarda
Bundan taşqari, u Bolgariyada hukmronlik qilib turgan kommunistik partiya rahnamolariga, Bolgariyani kommunistik tuzumda kuç bilan uşlab turgan sovet ittifoqiga qarşi tarğibotlarni boşlab yuboradi.
Bularning barçasi Todor Jivkov boşçiligidagi Bolgariya rahbariyatini qançalik taşvişlantirsa, Andropov boşçiligidagi KGBga ham şunçalik yoqmasdi.
Suiqasd
Vladimir Kostovning Parijdan turib kommunistik tuzumni tanqid qilişi nafaqat Bolgariya rahbariyatining, balki Bolqondagi bu davlatni zimdan boşqarib kelayotgan sovet ittifoqining ham manfaatlariga zid edi.
1968 yilda Çexoslovakiyaning yangi rahbariyati kommunistik tuzumdan voz keçişini e’lon qilişi ortidan sovet armiyasi bu mamlakatga bostirib kirgan va Pragadagi namoyişlar qonli yöl bilan bostirilgandi.
Moskvaning bu zöravonligi ortidan Şarqiy Yevropadagi SSSR nazoratida bölgan davlatlar aholisida sovetlarga nisbatan nafrat battar kuçaygandi.
Ana şunday holatda KGB Şarqiy Yevropa mamlakatlarida hukmron bölgan kommunistik tuzumlar va SSSRga qarşi qilinayotgan tarğibotlarga şunçaki köz yuma olmasdi. Şu sababli Vladimir Kostovga qarşi suiqasd uyuştirişga qaror qilişadi.
Suiqasddan biroz avval Kostov Bolgariya davlat xavfsizlik qömitasiga tegişli köplab maxfiy ma’lumotlarni Fransiya huquqni himoya qiliş organlariga topşirgani uçun vatanida unga nisbatan jinoyat işi oçiladi. Sud Kostovni sirtdan ölim jazosiga hukm qiladi.
1978 yil 26 avgust kuni Kostov Parij metrosidan çiqayotganida tanasida oğriq sezadi.
Oğriqqa çiday olmagan Kostov öşa zahoti şifoxonaga boradi. Vraçlar uning tanasiga qandaydir temir buyum jarohat yetkazgan deb öylaşadi va uning asorati butun tanaga tarqalib ketişining oldini olişadi. Kostovni egnidagi qalin kiyimi asrab qoladi.
Vraçlar muolaja paytida jarohatni tozalayotib özlari bilmagan holda zaharli kapsulani ham çiqarib taşlaşadi. Şu tariqa Kostov tirik qoladi.
Öşanda KGB xodimi qölidagi soyabon-qurol bilan Parij metrosidan çiqayotgan Kostovga ritsin (zahar nomi) solingan kapsulali öqni joylaydi. Ammo öşa paytda Kostov öziga suiqasd uyuştirilganini bilmaydi.
KGB tomonidan tayyorlangan maxsus soyabon-qurol / Foto: blogs.loc.gov
Suiqasdning foş bölişi
Öşa paytda Kostov KGB öziga suiqasd uyuştirganini bilmasdi. Oradan ön ikki kun ötib, 1978 yil 7 sentabr kuni Londonda yana bir bolgariyalik muxolif, kommunistik tuzumning aşaddiy tanqidçisi, yozuvçi Georgiy Markov soyabon yordamida zaharlanadi.
Oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan Markov şifoxonada 4 kun yotib vafot etadi. U ölimidan avval gavjum bekatda öziga notaniş kişi urilib ketganini, öşa paytda uning qölidagi soyabonning uçi oyoğiga suqilganini aytib beradi.
Şifokorlar Markovning tanasidan zahar solingan kiçik kapsulani topib olişadi va şu tariqa uning KGB tomonidan zaharlab öldirilgani butun dunyoga oşkor böladi.
Georgiy Markov / Foto: elespectador.com
Markovning soyabon yordamida zaharlanganini eşitgan Kostov ham öziga KGB suiqasd uyuştirganini ana şunda biladi. Şu tariqa KGB ön ikki kun içida ikki nafar bolgariyalik muxolifga suiqasd uyuştirgani butun dunyoga oşkor böladi. Şundan söng zaharlab öldiriş ma’nosini anglatuvçi «Bolgar soyaboni» iborasi paydo böladi.
Öşanda, Georgiy Markovning vafotidan söng Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari qotilni qidirib topa olmaydi. Barça gumon SSSR va Bolgariya davlat xavfsizlik qömitasi xodimlariga qaratiladi.
1994 yilda sobiq KGB generali Oleg Kalugin Londonga kelganda Buyuk Britaniya politsiyasi – Skotland Yard xodimlari uni Markovga qilingan suiqasd taşkilotçisi sifatida gumonlab, bir neça soat söroq qilişadi. Kalugin bu işda iştiroki yöqligini, barçasini Bolgariya davlat xavfsizlik qömitasi a’zolari amalga oşirganini aytib, barça tafsilotlarni oşkor qiladi.
Sobiq KGB generali Oleg Kalugin / Foto: alamy.com
Kommunistik tuzum qulaganidan söng
Vladimir Kostov tirik qolganidan söng uni doimiy ravişda politsiya qöriqlay boşlaydi. 1990-yillar oxiriga kelib Şarqiy Yevropa davlatlari qatori Bolgariyada ham kommunistik tuzumga qarşi namoyişlar boşlanib ketadi.
1989 yilda Bolgariyada siyosiy va iqtisodiy islohotlar boşlanadi. 1990 yil 15 noyabrdan boşlab mamlakatning nomi Bolgariya Xalq Respublikasidan Bolgariya Respublikasi deb özgartiriladi.
1990 yil 3 aprel kuni Bolgariyada kommunistik partiya tugatilib, örniga Bolgariya sotsialistik partiyasi tuziladi va sobiq kommunistlarning aksariyati şu partiya safiga ötadi.
Bolgariyada kommunistik tuzum qulatilgaç tarixda bölib ötgan juda köp işlar qayta körib çiqiladi. Jumladan, bir paytlar Kostovga qöyilgan barça ayblar olib taşlanadi va u oqlanadi.
Şundan söng yana bir neça yil Fransiyada yaşagan Kostov Bolgariyaga qaytib keladi. U hozir 90 yoşda va Bolgariyada yaşamoqda.
Vladimir Kostov 85 yoşida / Foto: 24chasa.bg
«Bolgar soyaboni» asari
Keyinçalik, Vladimir Kostov «Bolgar soyaboni» nomli avtobiografik asar yozib çop ettiradi. Unda Kostov Bolgariya davlat xavfsizlik qömitasi tarkibida işlagan paytlari, Fransiyadan siyosiy boşpana söraşi va KGB tomonidan öziga uyuştirilgan suiqasd tafsilotlarini batafsil yozgan.
Bundan taşqari, Bolgariya xavfsizlik qömitasi sobiq xodimi öz kitobida KGB tomonidan Londonda suiqasd uyuştirilgan yozuvçi Georgiy Markovning qanday zaharlangani haqidagi ma’lumotlarni ham keltirgan.