O‘zbekiston | 20:40 / 19.10.2022
9935
1 daqiqa o‘qiladi

Termiz xalqaro aeroporti qariyb ikki oyga yopiladi

Shu muddatda aeroportdagi yurish yo‘laklarini yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron bilan ulash, shuningdek, yangi CAT-I ICAO yoritish-signal tizimi va boshqa ishlar yakuniga yetkaziladi.

Foto: Uzbekistan Airports

Uzbekistan Airports’ning xabar berishicha, Termiz xalqaro aeroporti 2022 yil 1 noyabrdan 25 dekabrgacha yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va jo‘natishni vaqtincha to‘xtatadi.

Qayd etilishicha, ayni paytda uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi to‘liq yakunlangan.

Deyarli ikki oy muddatda yurish yo‘laklarini yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi va perron bilan ulash, shuningdek, yangi CAT-I ICAO yoritish-signal tizimi, meteorologik hamda radionavigatsiya qo‘nish tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha ishlarni yakuniga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid