Har yili “Davlat tili haqidagi qonun” qabul qilingan kunni bayram qilamiz. Har doimgidek tilçi olimlarimiz televizorda davra qurişib, bu qonunning xalqimiz uçun ahamiyati kattaligi, özbek tilining naqadar boyligi, kirill alifbosidan lotin alifbosiga ötişimiz yoşlarga qança keng imkoniyatlar oçgani haqida juda çiroyli suhbatlar quradilar. Televideniye ham bu bayramdan çetda qolmaslik uçun taşkilotlar, idoralar, dökonlar peşlavhalarida, reklamalarda rusça, inglizça sözlar işlatilayotgani, özbekça sözlar lotin alifbosida xato yozilayotgani, köçadagi yoşlar suhbatida rusça sözlarni qöşib işlatişi haqida körsatuvlar tayyorlaydi. Bu holat yillar ötgani sari takrorlanaveradi. Göyoki 32 yildan beri bayram bitta ssenariy asosida ötkazilayotgandek tasavvur uyğonadi.

Aslida esa muhokama qiladigan mavzular, hal qilinişi talab etilayotgan muammolar yetarliça.

Avvalo lotin alifbosiga ötiş notöğri bölganligi haqida heç bir mutaxassis gapirmaydi. Xalq orasidan çiqqan, bu islohotni yoqlamagan odamlar ham xatoning nimadan iborat ekanligini yetarliça izohlab berolmadilar. Xatoning birinçisi: aholisining 80 foizi ingliz tilida bemalol gaplaşadigan, bilim darajasi, ixtirolari bilan hamma tomonidan tan olingan özimizning Osiyo mintaqasidan Yaponiya, Janubiy Koreya, Isroil va Kuvayt kabi tört davlatni körib çiqsak, ulardan heç biri öz alifbosidan keçmagan holda yuksak natijalarga erişdilar. Demak yoşlarning ingliz tilini mukammal örganişida uning qaysi alifboda savod çiqarganining ahamiyati yöq.

Xatoning ikkinçisi va eng asosiysi: biz lotin alifbosiga ötib, ota-onalar va bobo-buvilarni bolalarga beradigan yordamdan mahrum qildik. Davlat tomonidan qabul qilingan qonun va qarorlar asosida lotin alifbosiga ötiş mavzusi endi batamom yopildi. Demak boşqa masalalar muhokamasiga ötsak ham böladi. Dolzarb bölib turgan birinçi masala bu gapimizga boşqa tillardan kirib kelgan sözlarni köp işlatişimizdir. Til qançalik boy bölsa, aytmoqçi bölgan fikringni boşqalarga şunçalik oson yetkaza olasan. Til kambağal bölganda esa, boşqa tillardagi sözlardan foydalanişga majbur bölasan. Misol uçun rus tilidan kirib kelgan samolyot, poyezd, traktor, etaj, kvartira,koridor, samovar, pod’yezd kabi sözlar adabiy tilimizga mustahkam örnaşib böldi. Lekin vyklyuçatel, torets, smejniy,klyuç, svarka, udlenitel, vypryamitel kabi sözlar borki ularning aniq özbekça tarjimasi yöq (iltimos, klyuç sözining tarjimasi kalit, svarkaniki esa payvandlaş böladi deb asabni buzmanglar. Eşikni oçadigan “klyuç” bu kalit böladi. Lekin maşina va mexanizmlarni ta’mirlaşda işlatiladigani nima böladi? Payvandlaş esa azal azaldan hosildorlikni oşiriş uçun bir daraxt şoxini boşqa bir daraxt şoxiga ulaş mazmunida işlatib kelingan, demak metallni boşqa metallga ulaşni boşqa söz bilan ifodalaşimiz kerak)