Ukraina rus tilidan foydalanishga cheklovlarni kuchaytirdi
Oliy rada tomonidan ma’qullangan va Zelenskiy tomonidan imzolangan qonun loyihasiga ko‘ra, Ukrainada rus tilidan foydalanish bo‘yicha cheklovlar muddatsiz bo‘lib qoladi.
8 dekabr, juma kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Yevropa kengashi ekspertlarining tavsiyalarini inobatga olgan holda milliy ozchiliklar huquqlariga oid qonunlarga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini imzoladi. Shu kunning o‘zida rus tilidan foydalanishga cheklovlarni kuchaytiruvchi hujjat Oliy rada tomonidan ma’qullandi.
Rada deputati Aleksey Goncharenkoning Telegram-kanalida xabar berishicha, ushbu qonun loyihasida «tillari Yevropa Ittifoqining rasmiy tili bo‘lgan» milliy ozchiliklar uchun ilgari qabul qilingan qonunlar qoidalarini yengillashtirish nazarda tutilgan.
Xususiy maktablar va universitetlarda, milliy ozchiliklar sinflarida, ommaviy axborot vositalarida va saylovoldi tashviqotlarida Yevropa Ittifoqi tillari bo‘lgan milliy ozchilik tillaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Bunday holda, ukrain tilini o‘rganish yoki ukrain tilida takroriy ma’lumot berish majburiydir.
Qrim-tatar hamda mahalliy xalqlar va milliy ozchiliklar tillarida kitoblar nashr etuvchi nashriyotlar qonun bilan Ukrainaning 50 foizlik kvotasidan ozod qilingan. Ukrain tilidan tashqari, Yevropa Ittifoqi tillarida ham efirga chiqadigan teleradiokompaniyalar uchun ukrain tili bo‘yicha 30 foiz yoki undan ko‘p miqdorida kvota belgilandi.
Bu o‘zgarishlarning barchasi rus tiliga taalluqli emas, u «Ukraina Oliy radasi tomonidan tajovuzkor sifatida tan olingan davlat tili hisoblanadi», deyiladi qonun loyihasida. Rus tilidan foydalanish bo‘yicha cheklovlar muddatsiz bo‘lib qoladi.
Milliy ozchiliklar to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish - YeI talabi
Ukraina tomonidan milliy ozchiliklar to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi Yevrokomissiyaning YeIga kirish uchun nomzod maqomini berish doirasidagi talablaridan biri edi.
Noyabr oyi boshida Yevrokomissiya Ukrainaning a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarga tayyorligi haqidagi hisobotini taqdim etdi. Unda muzokaralar jarayonini boshlash tavsiya qilindi. Shu bilan birga, tavsiyanomada mamlakat muhim yo‘nalishlarda – ishonchli va mustaqil sud tizimini yaratishdan tortib, ozchiliklar huquqlarini himoya qilish va korrupsiyaga qarshi choralarni joriy etishgacha bo‘lgan sohalarda yanada ko‘proq muvaffaqiyatga erishish zarurligi haqidagi «texnik jihatlar» mavjud.
Mavzuga oid
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
21:24 / 13.11.2024
Kuraxovodagi ukrain garnizoni qurshovga tushishi mumkin. Frontdagi eng murakkab yo‘nalishlardan birida nimalar bo‘lmoqda?
18:53 / 13.11.2024
Boris Jonson Ukrainaga britan harbiylari yuborilishi shartini aytdi
14:54 / 13.11.2024