Til örgatiş uçun eng erta vaqt qaysi?

Oldinlari til biliş alohida e’tirof etiladigan qobiliyat hisoblangan bölsa, hozir zaruratga aylanib ulgurdi. Montessori akademiyasi tahlillariga köra, bolaga ilk 3-4 yoşlik davrida ikkinçi til örgatiş — eng yaxşi vaqt hisoblanadi. Sababi bu vaqtda bola ma’lumotlarni juda yaxşi özlaştiradi, şuningdek uning miyasi faol rivojlanayotgani sababli til örganiş miya faoliyatini mustahkamlaydi.

Til örgatiş til çiqişini keçiktiradimi?

Bolaga hali tili çiqmasdan 2 ta tilda gapirilsa (masalan, ingliz tili) uning tili çiqişi keçikadi degan fikr bildirişadi. Biroq ikki tillilik bolaning tili keçikişiga sabab bölmaydi. 2 tilda gaplaşiladigan, ya’ni kiçikligidanoq yangi til ham örgatilayotgan bolaning leksikonidagi sözlar bir tilda tili çiqayotgan bolaniki bilan bir xil böladi. Ehtimol, 2 tilli bola keçroq gapirganini kuzatgan bölişingiz mumkin, lekin ular ham odatiy holatda 8-15 oyligidan gapirişga harakat qila boşlaydi.

Bola bilan bittadan köp tilda gaplaşiş holatining özigina uning tili keç çiqişiga sabab bölmaydi. Agar bolaning tili çiqişi keçikayotgan bölsa, unda mutaxassis bilan maslahatlaşiş kerak.

Bola 2 ta tildagi sözlarni qöşib gapiradi. Buning ziyoni bormi?

Odatda, birdaniga 2 tilni örganayotgan bola sof birida emas, ikkalasida ham birday gapirişi va sözlarni qöşib işlatişi mumkin. Masalan, “Qorning töydimi?” degan savolga “Ha, mummy!” deb javob berişi mumkin.

Odatda, bittadan köp til biladigan kattalar özlari istagan tilda faqat öşa tilning özidagi sözlarni topib gaplaşa oladi. Ya’ni ular çalkaşmaydi. Bolalar esa unday emas. Sababi ular hali til örganiş jarayonida va ularning leksikoni xuddi bir tilda sözlaşadigan bolajonlarniki bilan bir xil çeklangan. Ular özlari bilgan sözlarni qatnaştirib gap tuzadi. Buning zararli tomoni borligi isbotlanmagan. Aksinça, 2 tilli bolalar erta yoşdanoq tillarni farqlay oliş xususiyatiga ega bölişadi.

Erta til örgatişning qanday foydalari bor?