General Motors International kompaniyasi prezidenti Şilpan Amin boşçiligidagi delegatsiya Asakadagi UzAuto Motors zavodiga taşrif buyurdi. UzAuto kompaniyasining General Motors bilan köp yillik hamkorligi rivojlanişning yangi bosqiçiga ötdi – General Motors rahbariyati bilan UzAuto Motors kelajagi uçun muhim bölgan strategik kelişuvlar muhokama qilindi, natijada hamkorlikni kengaytiriş böyiça qator şartnomalar imzolandi.

General Motors delegatsiyasining UzAuto jamoasi bilan uçraşuvida kompaniyalar örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş, işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş va işlab çiqariş geografiyasini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Bundan taşqari, suhbat çoğida Qozoğiston va Ozarboyjonda Chevrolet avtomobillarini işlab çiqarişni kengaytiriş masalasi ham körib çiqildi.

Uçraşuv yakunida “Uzavtosanoat” AJ va UzAuto Motors General Motors bilan işlab çiqariladigan avtomobillar liniyasini yangilaş, zavodlar quvvatini oşiriş hamda işlab çiqariş hajmini oşiriş böyiça loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan qator şartnomalar imzoladi.

Xususan, 2023 yilda avtomobillar işlab çiqariş quvvatini 500 ming donaga yetkaziş böyiça kelişuvga erişildi. Uşbu körsatkiçlarga erişiş uçun yangi modellar işlab çiqarişdan taşqari, “Cobalt” va “Damas” avtomobillarining har birini işlab çiqariş quvvatini 150 ming donagaça oşirişga qaror qilindi.

Bundan taşqari, tomonlar UzAuto Motors'ni MDH davlatlari orasida avtomobil işlab çiqariş böyiça yetakçiga aylantiriş böyiça birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettiriş zarurligi, şuningdek, Qozoğiston va Ozarboyjon bilan avtomobillarni kiçik tarmoqda işlab çiqarişni (CKD) muvaffaqiyatli taşkil etişda har tomonlama qöllab-quvvatlaş muhimligi qayd etildi.

Şuningdek, belgilangan maqsadlarga erişiş uçun General Motors kompaniyasi butlovçi qismlarni uzluksiz yetkazib berişda qöllab-quvvatlaşi muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. General Motors bilan birgalikda UzAuto Motors zavodi işlab çiqariş hajmini yanada oşiradi, uzoq muddatli istiqbolda u 1 million dona avtomobilni taşkil etadi.

Taşrif dasturidan, şuningdek, zavodning işlab çiqariş jarayonlari bilan taniştiriş ham joy oldi, uning doirasida janob Şilpan Aminga Chevrolet Tracker va Onix avtomobillarini işlab çiqariş liniyalari hamda ularni işlab çiqarişga oid rejalar taqdim qilindi.


Reklama
