Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada Hellouinni nishonlash paytidagi tiqilinchda yuzdan ortiq odam halok bo‘ldi
Seuldagi tor xiyobonda yuz bergan tiqilinch fojia bilan yakunlandi.
Janubiy Koreya poytaxtida Hellouin bayramini nishonlash vaqtida yuz bergan tiqilinch oqibatida 120 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortig‘i yaralandi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Hodisa Hemilton mehmonxonasi yaqinidagi tor xiyobonda sodir bo‘lgan, undan olomon o‘tib borayotganida tiqilinch yuz bergan.
Milliy yong‘inga qarshi kurash agentligi vakili Choy Chong Sek avvalroq shifokorlar kamida 60 nafar yaradorga tibbiy yordam ko‘rsatayotgani, qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytdi.
Ba’zi mahalliy ommaviy axborot vositalari avvalroq tiqilinch Itaewon kafesi oldida yuz berganini ma’lum qildi. Xiyobondagi odamlar kafega mashhur shaxs kelganini eshitgach, u yerga qarab shoshilishgan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026