Braziliyada 30 oktyabr kuni prezidentlik saylovlari bölib ötdi, unda mamlakatni 2003-2010 yillarda ham boşqargan va ayni vaqtda 77 yoşda bölgan Luis Inasiu Lula da Silva ğalaba qozondi. U öz raqibi — mamlakatning amaldagi prezidenti Jair Bolsonaruni atigi 1,8 foizlik farq bilan ortda qoldirgan. Lula da Silvani ğalaba bilan köplab mamlakatlar rahbarlari, jumladan AQŞ prezidenti Jo Bayden, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Şols hamda Kanada boş vaziri Jastin Tryudo tabrikladi. Argentina prezidenti Alberto Fernandes esa Lula da Silvaning ğalabasini «Lotin Amerikasida yangi davr boşlanişi» deb atadi.

Lula da Silva Braziliyadagi prezidentlik saylovlaridagi ğalabadan keyin. San-Paulu, 2022 yil 30 oktyabr
Mauro Horita / Getty Images

Lula da Silva öz siyosiy faoliyatini 1970-yillarda işçi-metallurglar kasaba-uyuşmasi yetakçisi sifatida boşlagan, 1980 yilda Mehnatkaşlar partiyasi asosçilaridan biriga aylangan. Da Silva 1994 va 1998 yillardagi prezidentlik saylovlarida şu partiyadan nomzodini ilgari surgan. U faqat 2002 yilga kelib prezidentlik poygasida ğolib çiqişga muvaffaq böladi, 2006 yilda esa ikkinçi muddatga qayta saylanadi.

Uning prezidentligi xomaşyoga global talab ösişi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy ösiş davriga töğri keldi va The Washington Post naşriga köra, uning boşqaruv davri millionlab odamlarni qaşşoqlikdan qutqargan keng kölamli ijtimoiy qöllab-quvvatlaş dasturlari bilan yodda qoladi. Lula da Silvaning prezidentlik muddati yakunida reytingi 85 foizdan oşardi.

2014 yilda Braziliyada «Avtomoyka» amaliyoti boşlanadi, u mamlakat tarixidagi eng yirik korrupsion mojaroga aylanadi. Tergov figurantlari hokimiyatning yuqori eşelonlari vakillari edi. Tergov davomida qariyb 300 kişi hibsga olinadi va 278 ta ayblov hukmlari çiqariladi. 2017 yilda Lula da Silva korrupsiyada aybdor deb topilib, töqqiz yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Keyinroq Oliy sud uning muddatini 12 yilu bir oyga oşiradi. 2019 yil fevralida esa sud Lula da Silvani 12 yilu 11 oylik qamoq jazosiga hukm qiladi.

Sobiq prezident 580 kunni qamoqda ötkazadi. U 2019 yil noyabrida ozodlikka çiqadi, 2021 yilda esa Oliy sud protsessual qonunbuzarliklar tufayli Lula da Silvaga qarşi barça sud jarayonlarini bekor qiladi.

Bu korrupsion mojaro 2011-2016 yillarda Braziliyaga prezidentlik qilgan Dilma Russefning iste’fosi sabablaridan biri bölgandi. Uning örnini Mişel Temer egallaydi. 2017 yilda esa prokuratura Temerni ham korrupsiyada ayblaydi, ammo Braziliya parlamenti prezidentga qarşi ayblovni Oliy sudga oşirişdan boş tortadi. The New York Times naşriga köra, bu vaqtga kelib Temerning reytingi 7 foizni taşkil etardi va u 2018 yilgi prezidentlik poygasida iştirok etmaslikka qaror qiladi.