Braziliya Federal oliy sudi 8 oktyabr, seşanba kuni X ijtimoiy tarmoğiga mamlakatda faoliyatini qayta tiklaşga ruxsat berdi. Sudya Aleksandr de Moraes qaroriga köra, milliarder Ilon Maskka tegişli platforma blokni olib taşlaş uçun barça zarur talablarni bajargan.

X kompaniyasi rahbariyati bu qarorni olqişladi. «X Braziliyaga qaytganidan faxrlanadi. Ön millionlab braziliyaliklarga bizning ajralmas platformamizdan foydalaniş imkoniyatini ta’minlaş bu jarayon davomida muhim ahamiyatga ega böldi. Biz qayerda faoliyat yuritmaylik, qonun doirasida söz erkinligini himoya qilişda davom etamiz», deyiladi bayonotda.

Braziliyada X platformasi bloklanişi

Avgust oyi oxirida sudya de Moraes Milliy telekommunikatsiya agentligiga X ijtimoiy tarmoğining butun mamlakat böylab faoliyatini töxtatişni buyurdi. Buning rasmiy sababi kompaniyaning 24 soat içida Braziliyadagi qonuniy vakilini tayinlaşdan boş tortgani böldi. Platformani bloklaş qarori butun mamlakat böylab ommaviy noroziliklarga sabab böldi.

Sentyabr oyi oxirida X Raçel de Oliveyra Konseysaoni Braziliyadagi qonuniy vakili etib tayinladi. Şu bilan birga, platforma sud talabiga binoan ba’zi akkauntlarni bloklaşni boşlaganini e’lon qildi. Avvalroq X rahbariyati Braziliya rasmiylari talabiga köra, bir qator foydalanuvçilarning, jumladan, sobiq prezident Jair Bolsonaroning öng qanot partiyasiga aloqador qonun çiqaruvçilar akkauntlarini bloklaşdan boş tortgan edi.