Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 22-24 oktyabr kunlari Qozonda bölib ötadigan BRICS sammitida iştirok etiş uçun Rossiyaga parvozini bekor qildi. Bu haqda 20 oktyabr, yakşanba kuni 78 yoşli davlat rahbari idorasiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Braziliyadagi Cirio Libanes kasalxonasi tomonidan e’lon qilingan tibbiy hisobotga köra, siyosatçiga «uzoq masofalarga havo qatnovidan qoçiş tavsiya etilgan, ammo boşqa yöl bilan özining oddiy vazifalarini bajarişga qodir».

Tibbiy xulosada aytilişiça, prezident boşining «oksipital qismi» jarohat olgan. Idora ma’lumotlariga köra, u uyida tasodifan jarohatlangan.

Video-konferensiya orqali iştirok etadi

Braziliya rahbari 20 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 17.00 da (Moskva vaqti bilan 23.00) Rossiya Federatsiyasiga uçişi kerak edi. Endi u video-konferensiya orqali forumda iştirok etadi, deya aniqlik kiritmoqda Reuters.

Braziliya, xuddi Xitoy kabi, Ukraina uçun özining tinçlik taşabbusi bilan çiqdi.

BRICS mamlakatlari rahbarlari Putinni yana tuğilgan kuni bilan tabriklamadi

Ketma-ket ikkinçi yil BRICS'ga a’zo davlatlar rahbarlaridan heç biri Vladimir Putinni tuğilgan kuni bilan tabriklamadi. Bundan taşqari, bu yil Rossiya prezidentiga 2022 yil fevralida Ukrainada uruş boşlanganidan beri xorijiy davlat rahbarlaridan eng kam tabriklar keldi. "Agenstvo" naşri 7 oktyabr kuni Kreml matbuot xizmatining tegişli xabarlarini tahlil qilib, dunyo yetakçilaridan faqat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Putinga qönğiroq qilgani, qolganlari telegrammalar bilan çeklangani töğrisida xabar berdi.

Natijada Putinni 72 yoşga tölişi bilan sakkiz nafar xorijiy davlat rahbarlari: Nikaragua prezidenti Daniel Ortega, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Belarus yetakçisi Aleksandr Lukaşenko, Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan, Markaziy Afrika Respublikasi prezidenti Faustin-Arçange Tuadera, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev va Bahrayn qiroli şayx Hamad bin Iso Al Xalifa tabrikladi.

Bundan bir yil avval Putinni 10 ta davlat rahbari tabriklagan edi. 2022 yilda, Rossiya prezidenti 70 yoşga tölganda, 14 dunyo yetakçilaridan, jumladan, Xitoy raisi Si Jinping, KXDR davlat kengaşi raisi Kim Çen In va Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosadan tabriklar keldi.