Piskent hokimi 1 trln so‘mga yer olgani bo‘yicha viloyat hokimiga tushuntirish berdi
Hokim tadbirkorlik qilish uchunmas, E-auksion tizimidagi kamchiliklarni aniqlash maqsadida shunday qilganini bildirgan. Unga o‘z faoliyatida duch kelayotgan noaniqlik yoki boshqa muammolarni rasmiy kanallar orqali hal etish kerakligi uqtirildi.

Rahimjon Rixsiyev / Foto: Piskent tumani hokimligi
6 sentabr kuni e-auksion platformasida o‘tkazilgan savdoda Piskent tumani hokimi Rahimjon Rixsiyev g‘olib chiqib, Ohangaron tumanidagi salkam 400 gektar yaylovni qariyb 1 trln so‘mga 30 yilga ijaraga olgan olgan edi.
Bu xarid ijtimoiy tarmoqlarda tanqidga uchraganidan keyin Rixsiyev videomurojaat bilan chiqib, yerni ijaraga olish niyatida bo‘lmagani, onlayn auksion tizimining ishlashini o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun tajriba tariqasida shunday qilganini aytgandi.
Toshkent viloyati hokimligi bugun, 3 noyabr kuni bergan rasmiy axborotga ko‘ra, Piskent tuman hokimi o‘z xatti-harakatlari yuzasidan viloyat hokimiga yozma ravishda tushuntirish bergan. Ta’kidlanishicha, Rahimjon Rixsiyev bu auksionda qatnashib, g‘olib bo‘lib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish niyatida bo‘lmagan; E-auksion tizimidagi ayrim kamchiliklarni aniqlash maqsadida, mustaqil ravishda shunday yo‘l tutgan.
“Unga o‘z faoliyatida duch kelayotgan noaniqlik yoki boshqa muammolarni yuqori turuvchi tashkilotlar, tegishli idoralar bilan birgalikda muzokara, muloqot shaklida, rasmiy kanallar orqali hal etish lozimligi uqtirildi.
Qo‘shimcha qilib aytamizki, ayni paytda auksionda ijaraga qo‘yilgan yerlarning savdosi bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘rganishlar boshlangan. Bu haqda keyinroq qo‘shimcha axborot beriladi”, – deyiladi viloyat hokimligi axborotida.
Eslatib o‘tamiz, garchi Rixsiyev o‘z videomurojaatida oldin tadbirkor bo‘lgani, lekin hozir bu ish bilan shug‘ullanmayotganini, qolaversa, chorvachilik u uchun begona soha ekanini aytgan bo‘lsa ham, u mazkur xariddan bir hafta o‘tib yangi agrokorxona ochgani ma’lum bo‘lgandi.
U 13 sentabr kuni Piskent shahrida ro‘yxatdan o‘tkazgan va 100 foiz ta’sischisi o‘zi bo‘lgan “Animals Service” MChJning faoliyat turi sifatida “aralash qishloq xo‘jaligi” ko‘rsatilgan.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati Kun.uz'ga "Animals Service" Piskent tumani hokimiga tegishli ekanini tasdiqlab, hokimlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini cheklovchi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun hali kuchga kirmaganini bildirgandi.

E’tiborli jihati, Rahimjon Rixsiyev asos solgan tadbirkorlik sub’yekti yuqoridan qonun imzolanganidan bir oy o‘tib tashkil etilgan. Qonun 8 noyabrdan kuchga kiradi.
Joriy yilning 8 avgust kuni imzolangan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasida davlat fuqarolik xizmatchisining tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini tashkil etishi, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishi, tadbirkorlik faoliyati sub’yektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, Rahimjon Rixsiyev 2020 yilning 15 sentabrida Piskent tumani hokimi lavozimini egallagan. U bungacha Toshkent viloyati hokimining yordamchisi bo‘lgan.
- Amaldagi tartibga ko‘ra, auksion g‘olibi ijara shartnomasini tuzishdan bosh tortgan yoki uni rad etgan taqdirda, auksion natijalari bekor qilinib, g‘olibdan olingan zakalat puli qaytarilmaydi va operator tasarrufida qoladi. Piskent tumani hokimi tomonidan xarid qilingan bo‘sh yer uchastkasining boshlang‘ich bahosi 71,9 mln so‘mni, zakalat puli miqdori esa 6 mln so‘mni tashkil etgan. Ushbu holatda zakalat pulini hokim o‘z yonidan yoki hokimlik hisobidan to‘lagani noma’lum. Viloyat hokimligining 3 noyabrdagi bayonotida bu savol ochiq qoldirilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Uzbekinvest"da global iqtisodiy trendlar muhokamasiga bag‘ishlangan Ilmiy-amaliy kengashning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 11:15
-
O‘zbekistonda 1 mlndan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar borligi aytildi
O‘zbekiston | 11:10
-
Zelenskiy Uitkoffning Ukrainaning besh mintaqasi haqidagi so‘zlariga javob berdi
Jahon | 11:06
-
Ipak Yo‘li Banki va Commerzbank savdo moliyalashtiruvi bo‘yicha bitim imzoladi
O‘zbekiston | 11:00
Mavzuga oid

21:13 / 11.07.2023
Maydoni 2000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat mulkini auksionga chiqarish tartibi belgilandi

18:56 / 16.01.2023
Sobiq vazir o‘rinbosari Piskent tumaniga hokim bo‘ldi

16:00 / 03.11.2022
Piskent tumani prokurorining yordamchisi 1500 dollar bilan ushlandi

21:16 / 26.10.2022