Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron raketa-tashuvchisi sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi
Eron koinotga sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishga qodir raketa-tashuvchisining sinov parvozi muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi.
Foto: lRNA
Davlat televideniyesi «Ghaem-100» sun’iy yo‘ldosh raketa-tashuvchisining suborbital muvaffaqiyatli parvozi» haqida xabar berdi.
«Rafe qattiq yonilg‘i vositasidan foydalangan holda ushbu raketa-tashuvchisining sinov parvozi muvaffaqiyatli yakunlandi», deyiladi xabarda.
«Ghaem-100» raketasi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Aerokosmik tashkiloti tomonidan ishlab chiqarilgan va mamlakatdagi birinchi uch bosqichli, qattiq yonilg‘ili sun’iy yo‘ldosh raketa-tashuvchisi hisoblanadi. U og‘irligi 80 kg bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlarni Yer yuzasidan 500 km uzoqlikdagi orbitaga olib chiqishga qodir.
Eron o‘zining birinchi harbiy sun’iy yo‘ldoshini 2020 yil aprel oyida orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqqan edi. 2022 yil avgust oyida Rossiya tomonidan «Soyuz-2.1b» raketasida Eronning «Khayyam» nomli yana bir sun’iy yo‘ldoshi Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirildi. Eron kosmik agentligi ushbu qurilma Rossiya tomonidan Eron nazorati ostida ishlab chiqarilgani haqida xabar berdi.
Qo‘shma Shtatlar «Khayyam» «Eronga josuslik salohiyatini taqdim etishi va Rossiya-Eron ittifoqining mustahkamlanishi dunyo uchun jiddiy xavf tug‘dirishi» haqida bayonot berdi. Eron kosmik agentligi bu ayblovlarni rad etib, sun’iy yo‘ldoshning maqsadi mamlakat chegaralarini kuzatish hamda tabiiy resurslar bilan qishloq xo‘jaligini boshqarishda yordam berish ekanini aytdi.
Qo‘shma Shtatlar bunday parvozlar Eronning ballistik raketa texnologiyasini kuchaytirishi, ya’ni yadroviy kallaklarni tashish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkinligidan bir necha bor xavotir bildirgan. Eron yadro quroliga erishmoqchi emasligini va sun’iy yo‘ldosh bilan raketa uchirilishi faqat tinch yoki mudofaa maqsadlarida ekanini bir necha bor ta’kidlagan.
Mavzuga oid
20:32
Eron norozilik namoyishlarida 3 mingdan ortiq odam halok bo‘lganini rasman e’lon qildi
19:30 / 21.01.2026
FT: Eron hukumati namoyishlarni qo‘llagan kompaniyalar va tadbirkorlarning mulkini musodara qilmoqda
15:48 / 20.01.2026
Tramp nega Erondagi namoyishchilarga yordamga kelmadi?
21:49 / 19.01.2026