Taxiatosh tumani hokimi qamoqqa olindi
Sobiq prokuror, ayni paytda hokim Ilhom Matkarimov fermerdan firibgarlik yo‘li bilan 100 mln so‘m pul olganlikda ayblanyapti. Tergovni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi olib bormoqda.

Foto: Taqiatosh tumani hokimligi matbuot xizmati
1 noyabr kuni Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimov fermer xo‘jaligi rahbaridan firibgarlik yo‘li bilan 100 mln so‘m pul olgani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga tayanib, O‘zAning xabar berishicha, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 25, 211-moddasi (pora berish) 2-qismi bilan qo‘zg‘atilgan.
Tergovni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi olib bormoqda.
Ilhom Matkarimov 2020 yil iyunidan buyon Taxiatosh tumanini boshqarib kelmoqda. U 2018—2020 yillarda Mo‘ynoq tumani prokurori bo‘lgan.
- Oktyabr oyi oxirida Urganch tumani hokimi o‘rinbosari 43 ming dollar pora bilan ushlangan edi.
- Hozirda Surxondaryoning Termiz shahri va Muzrabot tumani sobiq hokimlari, shuningdek, Qarshi shahrining sobiq hokimi ustidan tergov ketyapti.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp: AQSh va Eron yaxshi muzokaralar o‘tkazdi
Jahon | 22:13
-
Italiya bosh vaziri Markaziy Osiyo liderlari bilan ko‘rishadi
O‘zbekiston | 21:58
-
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 21:23
-
RF mudofaa vazirligi «Pasxa sulhi» yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 21:01
Mavzuga oid

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

12:21 / 05.03.2025
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti keldi - prezident

11:44 / 05.03.2025