Rossiya prezidenti ma’muriyati rossiyalik tarğibotçilar uçun bir qança yangi qöllanmalar tayyorlagan. Unda Xersondagi vaziyat haqida qanday gapiriş böyiça körsatmalar bor. Bu Rossiya aholisini şahar taşlab ketilişi mumkinligiga tayyorlaş, «jamoatçilik fikri»ni şakllantiriş uçun qilingan. Bunday yöriqnomalardan ikkitasi «Meduza» ixtiyoriga kelib tuşgan.

Hujjatlardan birida aytilişiça, Xerson – «maxsus operatsiyaning hozirgi bosqiçida Rossiya armiyasi uçun eng qiyin yönaliş». Tarğibotçilarga bu vaziyatni quyidagiça tuşuntiriş taklif etilgan: «Ğarbdan yangi yordam söraş uçun Ukraina öz terrorçi tuzilmalarining jangovar qobiliyatini namoyiş etişi hayotiy zarurat».

«Kiyev öz yöqotişlariga e’tibor bermaydi, u yangi xandaqlar va qurol-yaroğ ta’minoti uçun özining va boşqalarning ön minglab askarlarini qurbon qilişga tayyor. Rossiya qöşinlari tinç aholi va şaxsiy tarkib hayotini saqlab qolişga harakat qilmoqda. Millatçilarning katta guruhi tomonidan şaharga yoppasiga zarba beriş xavfi borligi tufayli, tinç aholini Dneprning çap qirğoğiga köçiriş zarurati tuğilgan», deyiladi hujjatda.

Xersonning rossiyaparast hukumati oktyabr oyi örtalaridan Dneprning öng qirğoğidan odamlarni deportatsiya qilişni boşladi. Noyabr oyi boşida Vladimir Putin «Xersonning tinç aholisini jangovar hududdan olib çiqiş» kerakligini aytdi, bosqinçi hukumat esa «majburiy evakuatsiya» e’lon qildi. 7 noyabr kuni «evakuatsiya» yakunlangani e’lon qilindi. Biroq, aholining bir qismi şaharda qolib, Ukraina armiyasi qaytişini kutişga qaror qilgan.

Qöllanmada Xersondan ehtimoliy çekinişning yana bir sababi ham körsatilgan – «Ukraina va NATO mamlakatlari barça kuçlarini frontning uşbu yönalişiga taşlagan va bu katta qon tökilişiga olib kelişi mumkin».

«Zelenskiy butun dunyo uçun qonli şou taşkil qilmoqda, Ukraina qurolli kuçlarini jabrlanuvçi sifatida körsatib, yangi moliyaviy yordam talab qilmoqçi. Duşman Xersonning Rossiya uçun tuzoqqa, ön minglab qurbonlar böladigan jang maydoniga aylanişini xohlaydi.

Ukraina qurolli kuçlari Kaxovka GES hududida terakt uyuştirmoqçi. Bu esa jangçilarimiz uçun «tuzoqqa» aylanişi mumkin. Çunki, juda köp aholi punktlari suv ostida qoladi, harbiylarimiz esa hatto jang qila olmaydi, çunki ularni şunçaki suv oqizib ketadi», deyiladi qöllanmada.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kaxovka GES töğoni rossiyalik harbiylar tomonidan minalaştirilganini ma’lum qilgandi. Uning portlaşi oqibatida Ukrainaning 80 ga yaqin aholi yaşaş manzillari, jumladan Xerson suv ostida qolişi mumkin.