Ukraina rasmiylari 563 nafar ukrainalik harbiyning jasadlari qaytarilgani haqida xabar berdi. 8 noyabr, juma kuni Ukrainaning harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiruvçi ştabi Telegramʼda bildirişiça, Donetsk yönalişida 320 nafar halok bölganlarning jasadi qaytarildi.
Bayonotda yana 89 nafar halok bölgan askarning jasadi Baxmut yönalişidan, 154 nafari Rossiya Federatsiyasidagi ölikxonalardan qaytarilgani aytiladi. Operatsiya "SBU"ning Birlaşgan markazi, Ukraina Içki işlar vazirligi, Oliy radaning Inson huquqlari böyiça vakili ofisi, Alohida vaziyatlarda bedarak yöqolganlar böyiça vakil kotibiyati, Ukraina Qurolli kuçlari, Ukraina mudofaa sektorining boşqa tuzilmalari, şuningdek, Xalqaro Qizil Xoç qömitasi bilan hamkorlikda ötkazildi. Jasadlar va qoldiqlar topşirilgandan söng ularning şaxsini aniqlaş amalga oşiriladi.
RBK: 37 askarning jasadi Rossiyaga qaytarildi
Ayni paytda, RBK Davlat dumasi deputati Şamsail Saraliyevga tayanib yozişiça, Rossiya özining halok bölgan 37 nafar harbiy xizmatçisining jasadini qaytargan. Bu rasman e’lon qilinmadi.
AFP ta’kidlaganidek, bu uruş boşlanganidan beri ukrainalik askarlarning jasad qoldiqlarini qaytariş böyiça eng yirik aksiyalardan biridir. Asirlar va halok bölgan harbiylarning jasadlarini almaşiş Rossiya va Ukraina hukumatlari örtasidagi hamkorlikning sönggi yönalişlaridan biriga aylandi. Birgina joriy yilning özida 2100 dan ortiq harbiy xizmatçilarning jasadi Ukrainaga qaytarildi, deb yozadi dpa rasmiy ma’lumotlarga tayanib.













