Ukrainada tinçlik böyiça muzokaralar Rossiya agressiyasidan özini himoya qilayotgan bu davlat iştirokisiz bölmasligi kerak, deydi Germaniya federal kansleri Olaf Şols. Uruşni töxtatiş yeçimini faqat Ukraina bilan birga topiş mumkin, dedi u 8 noyabr, payşanba kuni Budapeştda bölib ötgan YeIning norasmiy sammitidan söng.

Şolsning aytişiça, sammitda bu borada turli fikrlar bildirilgan. Şu bilan birga, u Ukrainaga qurol-yaroğ yetkazib berişga qarşi bölgan Vengriya boş vaziri Viktor Orbanga işora qildi. Yevropa Ittifoqining köplab boşqa davlatlari uçun Ukrainani qöllab-quvvatlaş ustuvor vazifa hisoblanadi, deya qöşimça qildi Germaniya hukumati rahbari.

Şols: Ukraina - hujum qurboni

«Ukraina hujumga uçradi. U Yevropa davlati, Yevropa Ittifoqining bir qismi, demokratiya va qonun ustuvorligi kabi qadriyatlarini baham köradigan davlat bölişga qaror qildi», dedi Şols.

U, şuningdek, YeI Kiyevga 50 milliard dollarlik kreditlar beriş uçun şart-şaroit yaratib berganini ta’kidladi. «Körib çiqilayotgan vaqtda, ayrim mamlakatlarning moliyaviy çeklovlari yoki siyosiy vaziyatning rivojlanişidan qat’i nazar, Ukrainaga özining mudofaa qobiliyatini ta’minlaş imkonini beradigan vositalar mavjud», dedi Germaniya kansleri.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz mamlakatida tinçlikka erişiş uçun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga heç qanday yon bosmaslikka çaqirgandi. Bu «Ukraina uçun nomaqbul, Yevropa uçun esa öz joniga qasd qilişdek gapdir», dedi u. «Zaiflikni körsatiş yoki ba’zi bir Yevropa pozitsiyalari yoki mavqeyi bilan savdo qiliş adolatli tinçlikni sotib olişda yordam beradi degan illyuziyalar bölmasligi kerak. Tinçlik - faqat kuçlilar uçun mukofot. Kuçli Yevropaga muqobil narsa yöq», — dedi u.