O‘zbekiston | 19:38 / 15.11.2022
20370
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda zilzila sodir bo‘ldi

Mahalliy vaqt bilan soat 18:58 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Samarqand, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida sezilgan.

Foto: Getty Images

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazining xabar qilishicha, bugun, 2022 yil 15 noyar kuni soat 18:58 da Samarqand viloyatida zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila episentri Paxtachi tumanida bo‘lgan.

Zilzila koordinatalari: 39,81 gradus shimoliy kenglik; 65,56 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 349 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Paxtachi tumanida 4 ball, 8 km.
  • Karmana tumanida 3 ball, 35 km.
  • Navoiy shahrida 3 ball, 36 km.
  • Narpay tumanida 3 ball, 38 km.
  • Nurobod tumanida 2-3 ball, 42 km.
  • Navbahor tumanida 2-3 ball, 50 km.
  • Xatirchi tumanida 2-3 ball, 53 km.
  • Qiziltepa tumanida 2 ball, 55 km.
  • Muborak tumanida 2 ball, 63 km.
  • Kattaqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 65 km.

Avvalroq, 2022 yil 14 noyabr kuni O‘zbekistonda bir kun ichida uchinchi yer silkinishi qayd etilgandi.

Mavzuga oid