Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tursinxan Xudaybergenov yana boshqa ishga o‘tkazildi
Prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etilgan.

Tursinxan Aydarovich Xudaybergenov prezidentning Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari buyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rahbari xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan u prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
U mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchisi lavozimidagi faoliyatini davom ettiradi.
Tursinxan Xudoyberganov 1951 yilda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. 1974 yilda Toshkent pedagogika institutini, 1982 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. 1974-1999 yillarda O‘zbekiston IIVda turli lavozimlarni egallagan, 1999-2001 yillarda Xorazm viloyati IIB boshlig‘i bo‘lgan, 2001-2006 yillarda O‘zbekiston prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi bo‘lgan, 2006-2010 yillarda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
U 2010 yildan 2016 yilgacha Favqulodda vaziyatlar vaziri sifatida ishlagan, 2016 yil dekabrida prezidentning Fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. U 2018 yil aprelida yana FVV rahbarligiga qaytarilgan, shu bilan birga prezident maslahatchisi lavozimini saqlab qolgan.
U 2022 yil martida esa yana FVV rahbarligidan ketib, boshqa lavozimga - mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasini bajaruvchisi sifatida tasdiqlangandi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShning yangi savdo bojlari 7 avgustdan kuchga kiradi
Jahon | 12:32
-
Hafta oxirida quruq ob-havo saqlanib turadi
O‘zbekiston | 12:16
-
Chirchiqda yonilg‘i quyish shoxobchasi salkam 2 mlrd so‘m jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 12:03
-
“Sag‘bon” podstansiyasida ketma-ket avariyalar. Muammo qachon bartaraf etiladi?
O‘zbekiston | 12:00
Mavzuga oid

20:53 / 31.07.2025
Prezident administratsiyasida departament boshliqlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

19:23 / 31.07.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

21:13 / 30.07.2025
Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

18:14 / 30.07.2025