Özbekistonda onlayn firibgarlikning keng tarqalgan usullaridan biri – “Prezident qarori bilan” hammaga yordam puli tarqatilayotganiga işontiriş orqali odamlarning kartasidan pul yeçib olişdir.
Firibgarlar nafaqat yordam puli, balki taniqli kompaniyalar (masalan, Click), tijorat banklari va millionerlarning nomidan foydalanib, “arzon kreditlar” va “falon yillik yubiley” munosabati bilan pul tarqatilayotganini aytişadi.

Aslida bularning barçasi yolğon va firibgarlar doim pul öğirlaşning bir xil sxemasidan foydalanişadi. Masalan:
1. Prezident saytiga öxşaş soxta saytni çizib, “yordam puli” haqidagi yolğon e’lonlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatişadi;
2. Havola orqali kirib, pulni olişga da’vat qilişadi;
3. Havolani bosib kirsangiz, telefon raqam, karta raqam va uning amal qiliş muddatini kiritiş söraladi;
4. Tuzoqqa ilingan odam söralgan ma’lumotlarni kiritişi bilan, unga SMS orqali kod borgani va öşa kodni kiritiş söraladi;
5. Kod yozilişi bilan, kartadagi hamma pullar firibgarlar hisobiga ötadi.

Firibgarlikning birinçi va eng asosiy belgisi – SMS-kodni söraş
Yodingizda bölsin, sizga pul ötkaziş uçun kartangizning amal qiliş muddati va SMS-kod umuman kerak emas!
SMS-kodni birovga beriş – kartangizdagi pulni unga topşiriş bilan teppa-teng.
Kod orqali kartangizni özlariga ulab olib, undagi hamma pullarni yeçib olişadi. Bu hali hammasi emas: kartangizga keyinçalik tuşadigan pullar ham firibgarlarning qölida deb hisoblayvering.
Yordam pulini oliş uçun sizdan heç nima talab qilinmaydi
2022 yilning may oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga bir martalik yordam pul tarqatilgan edi. Bu – haqiqat. Ammo barçaga yordam puli tarqatilyapti, havolani bosib pulni oling, degan xabarni körsangiz, bilingki, bu – aldov! Çunki yordam pullarini tarqatiş tartibiga köra,





















