Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, Savdo-sanoat palatasi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi Tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish sektori yetakchi mutaxassisi O.D. xizmat mavqeyidan foydalanib, “M.I.” MChJ rahbari M.ga bank muassasasidan 400 ming AQSh dollari kredit olib berishda amaliy yordam berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan 3 000 AQSh dollarini qaytargani holati protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.