Qayd etilişiça, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Boş prokuratura hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.
Aniqlanişiça, A.T. Olmaliq ixtisoslaştirilgan prokurori lavozimida işlagan paytida, 2020 yil oktabr oylarida öziga taniş bölgan quriliş korxonasi rahbari D.A.ni Olmaliq şahridagi 11-sonli yotoqxonani rekonstruksiya qiliş böyiça qonuniy ötkazilgan tenderda quriliş korxonasi göyoki uning yordami bilan ğolib çiqqaniga işontirgan va moddiy rağbat talab qilib kelgan.
“Şundan söng, hozirda Boş prokuraturada boşqarma boşliği örinbosari lavozimida işlayotgan va joriy yil 22 noyabrdan mehnat ta'tilida bölgan A.T. joriy yil 5 dekabr kuni soat 22 larda Mirobod tumanida joylaşgan "Mustafo" restoranida D.A.dan göyoki tenderda yutişiga yordam qilgani uçun 29 ming AQŞ dollarini olganida aşyoviy dalillar bilan uşlangan”, deyiladi ma'lumotda.
Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura tomonidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatildi.
Xabarda aytilişiça, gumonlanuvçi protsessual tartibida uşlangan.











