“Elektr tokiga noqonuniy ulanish sabab bo‘lgan” – Andijondagi yong‘in tafsiloti
20 noyabr kuni Andijon shahrining 3-kichik dahasidagi ko‘p qavatli uylarda yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon yetib borgan. Yong‘in oqibatida ko‘p qavatli uylarning 400 metr kvadrat tom qismi zararlangan.
Ayni paytda viloyat hokimi topshirig‘i bilan holat bo‘yicha qurilish shtabi tashkil etilgan hamda ko‘p qavatli uylarda qurilish-ta’mirlash ishlari boshlangan. Yong‘in oqibatida aholi uylariga shikast yetmagan.
“Televizor ko‘rib o‘tirgandim. Chiroq o‘chib qoldi. Nima bo‘ldi ekan deb tashqariga qarasam, uyimizning tom qismi yonayotgan ekan. Kelinlarim va nabiralarimni uyg‘otib, pastga tushishlarini aytdim. O‘zim esa ulardan keyin tushdim. Xonadonlarimiz zarar ko‘rmadi. O‘zimiz ham sog‘miz”, – deydi xonadonlardan birida yashovchi Hamdiya Yunusova.
Andijon shahar hokimining ta’kidlashicha, yong‘inga xonadonlardan birida noqonuniy elektr tokiga ulanish sabab bo‘lgan. Shuningdek, hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida maxsus guruh ish olib bormoqda. Hozirda uyning tom qismini ta’mirlash ishlari boshlangan.
“Ta’mirlash ishlarini bir haftada yakunlaymiz. Xonadonlar zarar ko‘rmadi. O‘t o‘chirish paytida ayrim xonadonlarga suv kirgan bo‘lsa, yana ayrimlarining oynalari singan xolos. Muhimi, fuqarolarga zarar yetmadi. Tuni bilan tozalash ishlarini olib bordik. Hozir qurilish ishlarini boshlaganmiz”, – deydi Andijon shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

16:17 / 11.04.2025
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi

13:35 / 11.04.2025
Andijonda Damas oldinda ketayotgan traktorga borib urildi

15:45 / 10.04.2025
8 tonna suyultirilgan gazni sotuvga noqonuniy chiqarish holati aniqlandi

10:23 / 10.04.2025