O‘zbekiston | 08:33 / 24.11.2022
4194
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston mahsulotlari ko‘proq qaysi davlatga sotilayotgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston eksportidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli xabar bilan chiqdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilmoqda – 2,5 mlrd dollar.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi: 

  • Xitoy – 2,2 mlrd;
  • Turkiya – 1,3 mlrd;
  • Qozog‘iston – 1,1 mlrd;
  • Qirg‘iziston – 773 mln;
  • Afg‘oniston – 579 mln;
  • Tojikiston – 406 mln;
  • Kanada – 178 mln;
  • Turkmaniston – 171 mln;
  • Eron – 120 mln AQSh dollari.

Mavzuga oid