“O‘zbekneftgaz”: “Uzbekistan GTL” zavodi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga hamda obektni mudofaa qilishga tayyor deb baholandi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasining topshirig‘iga asosan, “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi barcha neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, qayta ishlash zavodlarida 2022 yilning 15 noyabridan 15 dekabrigacha obektlarida “Yongin xavfsizligi oyligi” deb e’lon qilindi.
“Yongin xavfsizligi oyligi” doirasida “Uzbekistan GTL” zavodi va unga qarashli barcha obektlarda ham amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Tadbirlar doirasida zavodda ishchi-xodimlarini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga bag‘ishlangan ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mazkur o‘quv mashg‘uloti obekt fuqaro muhofazasi tuzilmalari harakatini boshqarish bo‘yicha hududiy tuzilmalar bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi, O‘ta muhim va toifalangan obektlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiya a’zolari hamda Mudofaa, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar vazirliklar, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya mutaxassislari ishtirok etishdi.
O‘quv mashg‘ulotini o‘tkazishdan maqsad “Uzbekistan GTL” zavodi rahbar xodimlari va Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha bilim va malakalarini oshirish va voqea joyda qidiruv - qutqaruv ishlari, aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.
Mashg‘ulotlar jarayonida “Uzbekistan GTL” zavod hududida shartli ravishda suyuq uglevodorod rezervuarida yonilg‘i sizib chiqishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi.
Dastlab favqulodda holat bilan bog‘liq hududda sodir bo‘lgan vaziyatda tegishli xizmatlarga xabar berish bo‘yicha dispetcherlik xizmatining harakatlari tekshirildi. “Yig‘in” xabari orqali barcha shaxsiy tarkiblarning saflanishi nazoratdan o‘tkazildi.
Shundan so‘ng obektni qo‘riqlash va mudofaa qilish bo‘yicha qo‘riqlash bo‘linmalari, hududiy huquqni muhofaza qilish boshqarmalarining hamkorlikdagi harakatlari amalga oshirildi.
O‘quv mashqi mashg‘ulotlarida barcha qo‘yilgan topshiriqlar ustida ishlanib, saviyalar oshirildi.
Zararlanish o‘chog‘ida qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishni tashkil etish, o‘choqda razvedka olib borish, gazlangan hududda jabrlanganlarni qidirish, ularni xavfsiz joyga olib chiqish, tibbiy yordamga muhtojlarga yordam ko‘rsatish va avariya-tiklash ishlari olib borildi.
O‘tkazilgan ko‘rgazmali maxsus taktik o‘quv mashqining yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi havfsizlik kengashining O‘ta muxim va toifalangan obektlarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha Respublika Idoralararo komissiyasi tomonidan “Uzbekistan GTL” MChJ favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga hamda obektni qo‘riqlash va mudofaa qilishga tayyor deb baholandi.
“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024
GTL zavodining davlatga soliq tushumi 2 barobarga kamaygani ma’lum bo‘ldi
20:27 / 29.08.2024
Yirik energetika korxonalari soliq to‘lashni keskin kamaytirdi
13:59 / 29.08.2024