Zarafshonda oyna ishlab chiqarish korxonasi ishga tushdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirdi.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, prezident 2018 yilda viloyatga tashrifi chog‘ida oyna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Bugun davlat rahbari ishtirokida “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirishga bag‘ishlangan marosim bo‘ldi.
“Hozirgacha bunday korxonalar Farg‘ona va Jizzaxda bor edi. Mana, ularning safiga yangi barpo etilgan, keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zarafshon oyna” korxonasi ham qo‘shilmoqda. U kelgusida yanada rivojlanib, xalqimizga xizmat qilishiga ishonamiz”, — degan Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 million kvadrat metr. Mahsulotlar import o‘rnini bosish bilan birga eksportga ham mo‘ljallangan. Bu yerda 700 kishi ish bilan ta’minlangan.
Tadbirda G‘ozg‘on shahridagi “Marmarobod” korxonasi bilan ham videoaloqa orqali bog‘lanildi. U marmar va granit toshlarni qazib olib, qayta ishlashga ixtisoslashgan. Xitoy va Eron davlatlaridan uskunalar olib kelinib, muhandis va mutaxassislar jalb qilingan. 300 kishi ish bilan ta’minlangan.
Shuningdek, davlat rahbari Navoiy shahridagi “Gidro Stanko Servis” MChJ faoliyati bilan ham tanishgan. Mazkur MChJda tog‘-kon, metallurgiya, kimyo, energetika korxonalari uchun mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bu yerda kooperatsiya orqali 100 dan ortiq qurilma va mingdan ortiq turdagi ehtiyot qismlar mahalliylashtirilgan. Natijada 2021 yilda 12 million dollardan ziyod valuta mablag‘larini tejashga erishilgan. Joriy yil yakuni bilan ishlab chiqarish miqdori 23 million dollar bo‘lishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pokiston O‘zbekistonda yangi zavod qurishni rejalashtirmoqda
Iqtisodiyot | 11:18
-
Tramp: Rossiyada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish uchun dedlayn bor
Jahon | 10:16
-
Qozog‘istonda mobil telefonlar uchun «qora ro‘yxat» joriy etiladi
Jahon | 10:11
-
O‘zbekiston va Malayziya mikroelektronika yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlaydi
O‘zbekiston | 09:42
Mavzuga oid

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi

20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz

21:19 / 21.12.2024