O‘zbekiston | 11:52 / 26.11.2022
4090
1 daqiqa o‘qiladi

EPSILON (EDC): G‘arbiy Ernazar-2 qudug‘idan kuniga 40 ming kubmetr miqdorida gaz qazib chiqarilmoqda

Foto: EPSILON

Joriy yil 26 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati, G‘arbiy Ernazar konidagi 2-sonli quduqda  olib borilgan kislotali ishlov berish dohil qayta tiklash ishlaridan so‘ng, undan sanoat miqyosidagi  gaz oqimi olindi.

Qazib chiqarilayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun bugun quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi. Ishlar sanitariya-epidemiologiya va ekologiya qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Mavzuga oid