“Hech qanaqa tayyorgarliksiz kelib, shu yerda o‘qib oladi” - Oliy sud raisi prokurorlarni tanqid qildi
Oliy sud raisi Baxtiyor Islomov jinoyat ishlariga doir sud protsesslarida haqiqiy tortishuvchanlik prinsipi ta’minlanmayotganini tan olib, prokurorlarda faollik yetishmayotganini aytdi.

Foto: Oliy sud matbuot xizmati
“Oxirgi paytlarda himoyachilarimiz (advokatlar) faol. Ular har bir ishga tayyorgarlik bilan kelib, kerak bo‘lsa, sudyalarimizni noqulay holatlarga ham solib qo‘yishga harakatlar bo‘lyapti.
Lekin, hamma biladi, sud protsesslarida ayblov prokuror tomonidan ta’minlanishi kerak. Prokuror protsessga kelmasa, biz sudni boshqa kunga qoldirishga majburmiz. Natijada odamlar sudlardan norozi. “Sud bizni sarson qildi, bizni chaqirib, protsessni boshlamadi”, deyapti. Bu masalalar bo‘yicha ham hurmatli prezidentimizga muammolarimizni yetkazdik. Yechimlar asosida ham takliflar berdik”, – degan Baxtiyor Islomov 26 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Sudyalari assotsiatsiyasining VI s’yezdida.
Oliy sud raisi protsessga tayyorgarliksiz kelayotgan prokurorlar tufayli sudyalarning xolisligiga shubha tug‘ilayotganini bildirgan.
“Prokurorlar oxirgi vaqtlarda… oddiy so‘z bilan aytganda, qo‘ltig‘iga shu NPni beramiz, hech qanaqa tayyorgarliksiz kelib, o‘sha yerdan o‘qib... Ayblov nuqtayi nazaridan birorta faol savol-javob yo‘q. Faqat advokat gapiradi. Prokurorning faolligi yo‘qligi sababli biz ayblov nuqtayi nazaridan savol-javobga kirib ketishga majbur bo‘lyapmiz. Bu odamlarning va himoyachining haqli e’tirozlariga olib kelyapti. Sudyaning xolisligiga shubha paydo bo‘lyapti. Aslida bunday bo‘lishi mumkin emasku?!” – deya Baxtiyor Islomovning so‘zlarini keltirgan Uzreport TV.
Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Islomov shu yil avgust oyi Oliy sud raisi etib tayinlangan edi. Bungacha u prezident maslahatchisi edi. Uni yangi jamoaga Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov tanishtirgan va sud organlariga nisbatan aholi e’tirozlari haddan ziyod ko‘payib ketganini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:12 / 27.04.2025
-
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi
Jahon | 22:58 / 27.04.2025
-
Tramp Kim Chen In bilan uchrashuvga tayyorlanmoqda - Axios
Jahon | 22:36 / 27.04.2025
-
Uch daqiqa jismoniy faollik yurak kasalliklari xavfini kamaytirishi aniqlandi
Jahon | 22:00 / 27.04.2025
Mavzuga oid

20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi

13:29 / 22.04.2025
Hokimlarning garovida qolayotgan soha. Maqbullashtirish jarayonidagi bedodliklar – uch fermer misolida

19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

08:54 / 17.04.2025