Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik ayollarni chuv tushirgan o‘zbekistonlik yigit 5 yilga qamaldi
Nodirjon Rahmonov moskvalik ayollarni 23 million rublga aldagani uchun jazolandi.
Foto: RIA Novosti
Moskvaning Butirskiy sudi firibgar Nodirjon Rahmonovni besh yil muddatga koloniyaga jo‘natdi. U uch nafar moskvalik ayolni jami 23 million rublga aldaganlikda aybdor deb topildi.
Rahmonov o‘zining barcha qurbonlarini Mamba tanishuv ilovasi orqali topgan.
«U ayollar bilan ishonchli munosabatlarga kirishgan, ularga tegishlicha e’tibor qaratgan, shaxsiy-romantik va nikoh-oilaviy munosabatlarni o‘rnatish niyati borligini ma’lum qilgan», - deyiladi sud hukmida.
Shundan so‘ng yigit turli bahonalar bilan, masalan, biznes ochish uchun yoki sog‘lig‘idagi «muammolari»ni hal qilish uchun pul undirgan. Ayollardan biri hatto uning uchun jinoyatga ham qo‘l urgan.
Shunisi e’tiborga loyiqki, Rahmonovning pul-ishqiy biznesidagi sherigi qonuniy rafiqasi Olga bo‘lgan. U singlisi niqobi ostida erining firiblarida qatnashgan. Sud ayolni 4 yil shartli qamoq jazosiga hukm qildi.
Bundan tashqari, «tashabbuskor» er-xotinga aldangan ayollarga pullarni qaytarish majburiyati yuklandi. Firibgarlarning harakatlari oqibatida yetkazilgan zarar 23 million 803 ming rublni tashkil etadi.
Mavzuga oid
16:50 / 27.01.2026
Prezident aksar sportchilar ko‘cha bezorisiga aylanib ketayotganidan xavotir bildirdi
13:07 / 27.01.2026
«Huquq-tartibot tizimi poytaxtdagi yangiliklarga mos ishlamayapti» – prezident
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
18:07 / 25.01.2026