Toshkent shahrida metan-shoxobchalar vaqtincha yopilmoqda
Avvalroq O‘zbekistonning qator hududlarida aholi gaz tanqisligidan shikoyat qilayotgani xabar qilingandi.

Poytaxtda aholi iste’mol qiladigan va isitish tizimida foydalaniladigan tabiiy gaz bosimi pasayib ketganligi tufayli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari vaqtinchalik yopilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati rasman xabar tarqatdi.
«Ob-havo harorati keskin pasaygani sababli, shahrimizning ayrim hududlarida gaz va issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda — kommunal xizmatlar mavjud gaz zaxirasini barcha iste’molchilar orasida teng taqsimlashga urinishiga qaramay, resurslar yetishmayapti.
Imkon qadar ko‘proq xonadonlarni gaz va issiqlik bilan ta’minlash maqsadida, jamoat transport vositalariga xizmat ko‘rsatadigan shoxobchalardan tashqari, qolgan barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari vaqtinchalik yopilmoqda», — deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.
Xabar qilinishicha, poytaxt ma’muriyati muammolarni bartaraf etish ustida kunu tun 24 soat ishlamoqda, kommunal soha xodimlari esa ishlarini yuqori shaylik rejimida davom ettirmoqda.
Bundan oldinroq O‘zbekistonning qator hududlarida aholi gaz tanqisligidan shikoyat qilayotgani xabar qilingandi. Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhiga 3 dekabr kuni fuqarolardan bir necha murojaatlar kelib tushgan.
Unda aytilishicha, ayrimlarda gaz umuman bo‘lmagan, ayrimlarida uning bosimi pastligidan choy qaynashini ham yarim soatlab kutishgan. Gaz ta’minotidagi muammolar haqida Samarqand, Qo‘qon, Sirdaryo, Toshkent shahri va viloyati aholisi xabar bergan.
Xususan, Toshkent viloyatida bunday murojaatlar Yangiyo‘l, Zangiota, G‘zalkent, Chirchiq, Bardanko‘l, Chorvoq va Bo‘stonliq qishloqlaridan kelib tushgan. Toshkent shahrida Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yakkasaroy, Mirobod, Segeli tumanlaridan shikoyatlar bo‘lgan. Yunusobod va Bektemir tumanlaridan gaz ta’minoti borasidagi murojaatlar nisbatan kamroq bo‘lgan.
Keyinroq O‘zbekistonda gaz shoxobchalari bir necha kun ishlamasligi haqidagi xabarlar «Hududgazta’minot» matbuot xizmati tomonidan rad etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
-
Tramp TikTok uchun xaridorlar topganini ma’lum qildi
Jahon | 22:01 / 29.06.2025
-
Eron bir necha oy ichida boyitilgan uranni ishlab chiqarishga qaytishi mumkin - MAGATE rahbari
Jahon | 21:53 / 29.06.2025
-
Blue Origin kapsulasi 6 nafar turist bilan suborbital parvozni amalga oshirdi
Jahon | 21:48 / 29.06.2025
Mavzuga oid

09:32 / 26.03.2025
Kreml hujum qilinmaydigan energetika obektlarini ma’lum qildi

18:04 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?

14:01 / 25.03.2025
O‘zbekiston yana netto gaz eksportchisiga aylandi

21:33 / 24.03.2025