O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-sentabr oylarida Rossiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmida margarin mahsulotlari birinchi o‘rinda turibdi – 93 ming tonna.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 25,2 ming tonna hamda 22,7 ming tonna miqdorida olib kelingan o‘simlik yog‘i va kakao, shokolad joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • kartoshka – 15 ming tonna;
  • bug‘doy uni – 11,4 ming tonna; 
  • sut mahsulotlari – 10,5 ming tonna;
  • bug‘doy – 10,1 ming tonna;
  • parranda go‘shti – 4,3 ming tonna;
  • baliq va dengiz mahsulotlari – 3,4 ming tonna;
  • bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 3,4 ming tonna.