Sport | 20:37 / 08.12.2022
28058
2 daqiqa o‘qiladi

«Yugurib ketayotgan» mundial - guruh bosqichi, 1/8 final yakunlari va hal qiluvchi o‘yinlar haqida

Podkastimizning navbatdagi sonida jahon chempionati bahslarini sharhlab borayotgan jurnalistlar mehmon bo‘lishdi. Murod Rizayev turnir qishda o‘tayotganining yomon tomoni, Ispaniya raqib tanlagani, Argentina potensialini ko‘rsata olmayotgani haqida fikr yuritdi. Davron Fayziyev esa turnirning yashirin favoriti, Messi va Ronalduning jamoalariga ta’siri, Mbappe va Grizmann Fransiyani tortayotgani to‘g‘risida mulohazalarini bildirdi.

Qatarda o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida nimchorakfinal bahslari yakunlandi. Juda tez o‘tayotgan turnirda 8ta jamoa va 8ta o‘yin qoldi.

Bu mundial shuni ko‘rsatdiki, favorit va autsayderlar o‘rtasidagi farq ancha qisqargan. Guruh bosqichida avvalgidek navbatchi o‘yinlar ko‘p bo‘lmadi. 3-turdagi parallel bahslar so‘nggi soniyalargacha hayajonda ushlab turdi. Osiyo va Afrika jamoalari kuchli raqiblarga jiddiy qarshilik ko‘rsatishdi. Ilk bor OFKning 3 jamoasi (Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya) guruhdan chiqishni uddaladi. Marokash guruhda Belgiya, nimchorakfinalda Ispaniyani mag‘lub etib ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi. Yevropa vakillaridan — Serbiya, Daniya, Belgiya kabi jamoalar kutilgan natijani ko‘rsata olishmadi. 

Avvalroq mundial arafasida podkast qilgandik, unda sharhlovchi Xayrulla Hamidov va jurnalist Jamoliddin Bobojonov o‘z prognozlarini aytishgandi.

Bu safar guruh bosqichi yakunlari, 1/8 final bahslari va oldinda turgan 1/4 final o‘yinlari fonida yig‘ildik. Jahon chempionati bellashuvlarini sharhlab borayotgan Davron Fayziyev va Murod Rizayev ko‘rsatuv mehmoni bo‘lishdi.

Murod Rizayev turnir qishda o‘tayotganining salbiy tomonlari, Ispaniya raqib tanlab to‘g‘ri qilgani, Argentina hali potensialini ko‘rsata olmagani, finalda qaysi jamoalar o‘ynashi mumkinligi haqida fikr yuritdi. Davron Fayziyev esa Angliya turnir davomida yashirin favorit bo‘lib kelgani, Messi va Ronalduning jamoalariga ta’siri, toplar pley-offdan boshlab o‘ziga o‘xshayotgani, Mbappe va Grizmann Fransiyani tortayotgani to‘g‘risida mulohazalarini bildirdi.

Mavzuga oid