2020 yilda koronavirus infeksiyasining keng tarqalişi sababli hayotiy faoliyatning muhim sohalari murakkab vaziyatda qoldi. Uzoq muddat davom etgan lokdaunlar tufayli elektron texnologiya işlab çiqaruvçilari mikroçiplar taqçilligi muammosiga duç keldi. Bu muammo avtomobil sanoatini ham çetlab ötmadi.
Global geosiyosiy muammolar sababli logistika zanjirlarida uzilişlar yuzaga kelib, köplab avtomobil işlab çiqaruvçilar işlab çiqariş jarayonini töxtatmaslik uçun sönggi çoralarni körişga majbur böldi. Hozirgi vaqtda antiblokirovka tizimi yoki ABS tizimi masalasi kun tartibida turibdi.
ABS tizimi nima uçun kerak?
ABS ğildiraklar bloklanişi va sirpançiq yuzada boşqaruvni yöqotişga qarşi kuraş uçun möljallangan. Bloklaniş şunisi bilan xavfliki, öta qattiq uşlab qoliş oqibatida ğildiraklar kuzovda buriliş hosil qiladi va maşina keskin yon tomonga oğişi mumkin. ABS vazifasi — ğildiraklarning aylaniş tezligini bosimni özgartiriş hisobiga boşqariş. Oddiy qilib aytganda, u tormozni juda qattiq bosişga yöl qöymaydi va bunda kuçli silkinişlar kuzatilmaydi. Natijada avtomobil sekinroq tezlikni pasaytirib, öz yönaliş çiziğini yöqotmaydi.
ABS elektron boşqaruv bloki, gidravlik ijro mexanizmlari va ğildiraklar aylaniş tezligini ölçaş moslamasidan taşkil topadi. Zamonaviy avtomobillarning aksariyatida ABS tizimi EBD (Electronic Brake Distribution) — har bir ğildirak uçun tormozlaniş intensivligini ölçab beruvçi tormoz kuçlanişlarini taqsimlovçi tizim bilan birga işlaydi. EBD bilan burilişda, manyovrlar vaqtida va hatto turli qoplamalarda qörqmasdan tormozni bosiş mumkin.
ABS şinalar hajmi va ulardagi bosimga ta’sirçan – katta tafovut bölgan holatda tizimda xatolik yuzaga keliş xavfi bor. Masalan, “zapaska” şinani örnatganda.
Har qanday avtomobil tizimi kabi ABS ham ba’zan buziladi. Köpinça bunga datçiklar yoki ötkazgiçlar aybdor böladi. Odatda ta’mirlaş köp vaqt olmasa-da, ba’zan jiddiy nosozliklar ham uçrab turadi.
Notekis yöllarda ABS işidagi nosozlikning eng yoqimsiz jihati çuqurga tuşişda közga taşlanadi. Ğildirak sakragan vaqtda u bloklanadi va oqibatda haydovçi uçun kutilmaganda ABS işga tuşadi. Bunday vaziyatda tormoz pedalini töliq qöyib yuborib, söng uni yana bosiş kerak – şunda tizim öz holiga qaytadi.
ABS’ning qanday kamçiliklari bor?
Bir qaraşda bloklaşga qarşi tizimning turgan bitgani foydadek körinsa-da, uning ham ayrim kamçiliklari bor, bu ayniqsa, qiş mavsumida avtomobil harakatlanişida yaqqol aks etadi.
















