Asaka avtomobil zavodida Chevrolet Cobalt Midnight avtomobili işlab çiqarilişi yölga qöyildi, deb xabar berdi UzAuto Motors AJ.

Qayd qilinişiça, yangi modifikatsiya Cobalt modelining hozirgi mavjud modifikatsiyalari bilan birgalikda işlab çiqariladi.

Birinçi bosqiçda yangi modifikatsiya taşqi körinişini yaxşilovçi detallari bilan ajralib turadi, ularga qoramtir tusdagi yoritiş tizimi va ğildirak disklar kiradi. Keyingi bosqiçlarda esa interiyer qismi böyiça qöşimça özgartirişlar kiritiladi.

Cobalt avtomobilining yangi modifikatsiyasi hozirgi mavjud modifikatsiyadan 7,3 million sömga farq qiladi. Şu bilan birga, mavjud modifikatsiyaning işlab çiqarilişi va sotuvi davom etadi, uning narxi esa özgarişsiz qoladi (Cobalt GX-Style ATPlus - 147 916 000 söm).

Xabarda sotuvlar qaçon boşlanişi haqida ma’lumot berilmagan.