Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: «Faqat menga ishonishingiz mumkin»
Rossiya prezidenti Ukrainadagi urush bilan bog‘liq harbiy ta’minot masalasi haqidagi savolga shunday javob qaytardi.
Foto: Ntv.ru
YeOII sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putindan armiyani ta’minlash masalalarida Mudofaa vazirligi yoki front jangchilaridan qay biriga ishonish kerakligi so‘raldi. Davlat rahbari faqat o‘ziga ishonish mumkinligini aytdi.
«Hech kimga ishonolmaysiz, faqat menga ishonishingiz mumkin», dedi prezident.
Putin armiya ta’minoti masalasida Mudofaa vazirligi bilan muntazam ish olib borayotganini aytdi. Shuningdek, rossiyalik harbiylarni ta’minlash bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolayotganini, biroq ular tobora kamayib borayotganini va eng keskinlari allaqachon hal etilganini ma’lum qildi.
Matbuot anjumanida Putin safarbarlikni qayta boshlash uchun hech qanday omillar yo‘qligi, «maxsus operatsiya odatdagidek davom etayotganini» ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi harbiy operatsiya uzoq davom etishi mumkin.
Mavzuga oid
18:10
Hayot evaziga hayot: urush Ukrainada ayollar tanasini bozorga aylantirdi
08:33
Yevropa Ittifoqi Putin bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
08:18
Zelenskiy xorijiy siyosatchilarni Moskvada 9 may bayramini nishonlashdan tiyilishga chaqirdi
21:50 / 07.05.2026