Shols urushdan keyin Rossiya bilan hamkorlik tiklanishi mumkinligini ma’lum qildi
Ukrainadagi urush tugaganidan keyin Germaniya Rossiyaga hamkorlikni tiklash imkoniyatini berishi mumkin, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols. Agressiya davom etar ekan, Rossiyani qattiqroq sanksiyalar kutmoqda, dedi u.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush tugaganidan keyin Germaniya Rossiya bilan iqtisodiy hamkorlikni tiklashi mumkin. Bu haqda 12 dekabr, dushanba kuni Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasining 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zga chiqqan federal kansler Olaf Shols aytdi.
«Ma’lumki, hozir biz o‘zaro munosabatlarimizni cheklayapmiz, - deya Sholsning so‘zlarini keltiradi dpa. - Ammo urushni tugatadigan Rossiya va o‘zlari uchun boshqa kelajakka intilayotgan Rossiya fuqarolari uchun vaqt o‘tishi bilan iqtisodiy hamkorlikni qayta boshlash mumkin bo‘ladi».
«Ammo hozir emas. Hozir biz sanksiyalarni kuchaytiramiz», - deya ta’kidladi Germaniya kansleri. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya Qrim annexia qilingan 2014 yildan boshlab Rossiyaga nisbatan jazo choralarini joriy qila boshlagani muhim. Shu bilan birga, Shols Rossiya urushdan keyin ham Yevropadagi eng yirik davlat bo‘lib qolishini va «bu vaqtga tayyorgarlik ko‘rish» kerakligini eslatdi.
Germaniya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga qarshi agressiv urushidan maqsad Yevropaning ta’sir doiralariga yangi bo‘linishi va imperiyani qayta tiklashdan iborat. Kreml buning uchun Ukraina infratuzilmasini yo‘q qilish va mamlakatdagi tinch aholiga zarba berish haqida buyruq beryapti, bu xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi, dedi kansler.
«Shuning uchun Rossiya bu urushda g‘alaba qozonmasligi kerak. Rossiya bu urushda g‘alaba qozona olmaydi», deb ta’kidladi Shols. Shuningdek, u Putin nafaqat Ukrainani, balki Rossiyaning kelajagini ham vayron qilayotganini va u «buni o‘z mamlakati va xalqiga tushuntirishi» kerakligini aytdi.
Shu tadbirda so‘zga chiqqan Shols, 21-asrda dunyo kelajagini AQSh va Xitoy hukmronlik qiladigan ikki qutbli emas, balki ko‘p qutbli sifatida ko‘rishini aytdi. Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, bu Germaniyaga kelajakda birovning resurslari yoki texnologiyalariga bir tomonlama qaram bo‘lib qolish xavfidan qochish uchun iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qilish imkoniyatini beradi.
Shols qo‘shimcha qilishicha, bunday diversifikatsiya Germaniya hukumati qabul qilmoqchi bo‘lgan milliy xavfsizlik strategiyasiga yoziladi.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024