Dunyoda faqat ikki yetakçi – Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va Rossiya prezidenti Vladimir Putin qoldi. Bu haqda Turkiya rahbari Ğoziantep viloyatida yoşlar bilan uçraşuvda ma’lum qildi, deb yozdi Hurriyet.
«Hozir dunyoda faqat ikki yetakçi qoldi: men va Vladimir Putin. Buni özim bölgani uçun emas, haqiqat bölgani uçun aytyapman. Vakolat muddatimga 22 yil böldi. Janob Putinniki ham şunga yaqin. Qolgan barça ketdi... Bunda siyosatni davom ettiriş muhim», dedi Erdöğan.
Uning fikriça, 16 yil lavozimda bölgan Germaniya kansleri Angela Merkel iste’foga çiqişi bilan «Germaniyada siyosat tugagan».
Turkiya prezidenti, şu bilan birga, Merkeldan oldingi 1998-2005 yillarda Germaniya kansleri bölgan Gerhard Şryoderni ham esladi. Erdöğan uning turk xalqi va madaniyatiga alohida hurmat körsatganini qayd etdi. Jumladan, Ramazon oyida bir dasturxonda pivo içmaganini, musulmon urf-odatlariga hurmat namoyon etganini aytdi. Turkiya prezidenti sözlariga köra, ular örtasidagi muloqot davom etmoqda va Şryoder vaqti-vaqti bilan Turkiyaga kelib turadi.
Erdöğan, şuningdek, Şryoderning Germaniya siyosatida kuçli mavqega ega ekanini ta’kidlab, Turkiyaning içki siyosiy hayotida ham şunga öxşaş şaxslar paydo bölişiga umid bildirdi.
Ma’lumot örnida, Putin 2000 yildan beri Rossiya prezidenti. 2008-2012 yillarda u Dmitriy Medvedev prezidentligi davrida boş vazir bölgan. 2024 yil mart oyida Putin beşinçi muddatga - 2030 yilgaça saylangan.
Erdöğan 2003-2014 yillarda Turkiya boş vaziri bölgan, 2014 yildan buyon esa mamlakat prezidenti. 2023 yilda u uçinçi muddatga - 2028 yilgaça saylangan.








