Festival mavsumida dam olish uchun yo‘nalishlar
Yangi yilni odatiy nishonlashning o‘rniga bayram kayfiyati uchun Asialuxe Travel milliy turoperatorining ma’lumotlari bo‘yicha eng ommabop hisoblangan davlatlarga uchib ketamiz.
O‘zgacha muhit va yaqinlaringiz bilan nishonlashni xohlaydigan bayramlardan biri bo‘lgan Yangi yilga ozgina qoldi. Olive, xolodets, mandarin va bayram dasturxoni albatta yaxshi, lekin bayramni odatiy tarzda nishonlashning o‘rniga boshqa davlatga uchib ketishga nima deysiz?
Bugun Asialuxe Travel milliy turoperatori «Qayerga jo‘nab ketish mumkin?», «Bu qancha bo‘ladi?» va «U yerlarda nimalar bilan shug‘ullanish mumkin?» degan savollarga javob beradi.
BAA
Aynan Amirliklarda Yangi yil o‘zgacha nishonlanadi. Turli yeguliklar, ajoyib shou va yulduzlarning chiqishini taqdim etadigan restoranlardagi ziyofatlarga joylar oldindan band qilinadi, Dauntaunda Burj Xalifa binosidagi mushakbozlik esa alohida e’tiborga loyiq.
Yangi yil ta’tilida Dubayga butun dunyodan minglab sayohatchilar tashrif buyurishadi, qishda bu yerda ob-havo iliq va qulay. Unutilmas bayram kechasidan keyin all inclusiv tizimidagi kurortlarda yoki faol ekskursion dasturga ega shahar mehmonxonalarida dam olish mumkin.
30.12.2022-04.01.2023 sanasiga kompleks turistik to‘plam narxi ikki kishili xonada yashash sharti bilan bir nafar voyaga yetgan kishi uchun 18 mln so‘mdan boshlanadi.
Misr
Taniqli Sharm-el-Sheyx kurorti ekzotik va rang-barang hamda Yangi yilni kutib olish uchun yana bir ajoyib variantlardan biri hisoblanadi. Qizil dengiz qirg‘og‘idagi deyarli barcha mehmonxonalar gala-kechki ovqat, yulduz-mehmonlar va barcha yoshdagilar uchun ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oladigan bayram dasturlarini tayyorlashadi. Barcha joyda bayram muhiti hukm suradi, noodatiy bezaklar sifatida esa tuyalarni uchratishi mumkin.
Ob-havo iliq va mayin, sayyohlarni hayratlanarli dayving va mahalliy go‘zalliklar bo‘ylab dengiz kruiziga chorlab turadi.
31.12.2022-07.01.2023 sanasiga kompleks turistik to‘plam narxi ikki kishili xonada yashash sharti bilan bir nafar voyaga yetgan kishi uchun 12,3 mln so‘mdan boshlanadi.
Turkiya
Turkiya – bu faqat yoz va jazirama degani emas. Yangi yilni «turkcha» nishonlashni Antaliya kurortlari taklif qilishadi. Ëzgi mavsumdan farqli ravishda, qishda bu yer sokin, hashamatli mehmonxonalar narxlari esa ancha hamyonbop.
Bayramda Antaliya kurortlari mehmonlarni Yangi yil bezaklari, mahalliy va xorijiy taniqli kishilarning chiqishlari, ajoyib gala-kechki ovqat va yuqori toifali servis bilan xursand qilishadi. Isitish tizimiga ega basseynlar esa dengiz o‘rnini bosadi.
30.12.2022-06.01.2023 sanasiga kompleks turistik to‘plam narxi ikki kishili xonada yashash sharti bilan bir nafar voyaga yetgan kishi uchun 12,8 mln so‘mdan boshlanadi.
Maldiv
Yangi yilni ertaklardagidek orollarda kutib olish o‘zgacha yoqimli bo‘lishi aniq. Bayram ta’tilini Maldivda o‘tkazish – bu sokinlikni yaxshi ko‘radigan, lekin bayram gala-kechki ovqatidan bahramand bo‘lishni xohlaydiganlar uchun ajoyib variant. Maldivda Yangi yil kechasi ochiq yulduzli osmon ostidagi raqslar, qiziqarli interaktivlar, mazali yeguliklar va bayram mushakbozligi bilan esda qoladi.
1 yanvar kuni tropik kokteyl bilan qumli plyajda yotish yoki hayratlanarli marjon qoyalar sari sho‘ng‘ish – tanlov sizniki.
30.12.2022-06.01.2023 sanasiga kompleks turistik to‘plam narxi ikki kishili xonada yashash sharti bilan bir nafar voyaga yetgan kishi uchun 18,8 mln so‘mdan boshlanadi.
Yevropa
Qishki Yevropa muhitiga nima deysiz? Qorli Shveytsariya, ertaklardagidek Laplandiya, qadimiy Praga va romantik Parijdagi bayram kayfiyatini albatta his qilib ko‘rishingiz kerak.
Eng qulayi siz viza olib, Yangi yil ta’tili vaqtida bir necha Yevropa davlatlariga tashrif buyurishingiz mumkin.
Turistik to‘plam narxi talablardan kelib chiqqan holda individual hisoblanadi.
Yangi yilni nishonlash uchun lokatsiya tanlaganingizda eng muhimini unutmang – qayerga borsangiz ham yaqinlaringizni olib keting va har bir lahzadan zavqlaning.
Yo‘nalishlar, narxlar va parvoz shartlari haqidagi batafsil ma’lumotni (+998) 71 211-22-22 va (+998) 71 201-77-77 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Turistik to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun Google Play va AppStore orqali Asialuxe Travel mobil ilovasini yuklab oling.
Asialuxe Travel kompaniyasining turistik to‘plamlarini O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida va Asialuxe Travel sotuv ofislarida topishingiz mumkin.
Asialuxe Travel – sizning milliy turoperatoringiz!
Sayt: asialuxe.uz
Telegram-kanal:https://t.me/Asialuxe
Telegram/qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 27.10.2024
Maldiv – bu hamyonbop! Asialuxe Travel bilan ushbu ajoyib orolga to‘g‘ridan to‘g‘ri reys bilan uchamiz
15:00 / 27.09.2024
Bola Antaliyada bepul dam oladi! Asialuxe Travel kuz-qish yo‘nalishlarini erta band qilish afzalliklari haqida aytib beradi
15:00 / 24.09.2024
Asialuxe Travel bilan yangi ufqlarni kashf qiling
15:00 / 19.09.2024