JCh-2022. Yarimfinal, 14 dekabr, «Al Bayt» stadioni
Fransiya — Marokash 2:0
Gollar: Ernandes (5), Kolo-Muani (79).
Fransiya – Loris, Kunde, Varan, Konate, Ernandes, Tchuameni, Fofana, Jiru (Tyuram, 65), Grizmann, Dembele (Kolo-Muani, 79), Mbappe.
Marokash – Bunu, Hakimi, Saiss (Amalla, 21; Ezzalzuli, 78), Al Yavmiq, Dori, Mazraui (Attiyyat-alla, 46), Ziyosh, Amrabat, Unai, An-Nosiri (Hamdalla, 66), Bufal (Abuhilol, 67).
Ogohlantirish: Bufal (27).

Orzudan bir qadam

Fransiyani yarimfinalda kutganlar ko‘pchilik edi, Marokashni esa — deyarli hech kim bu bosqichga yetib keladi deb o‘ylamagandi. Ammo sovrin uchun jami to‘rt da’vogar qolganida, favorit va autsayder maqomlari yo‘qqa chiqadi. Syurpriz jamoa 1/8 finalda, omad kelganda — kuchli sakkizlikda bo‘lishi mumkin, ammo yarimfinalda emas.

Albatta, Marokashning bu jamoasi allaqachon o‘z nomini abadiylashtirib bo‘ldi. Bu futbolchilar afrikaliklar orasida birinchi bo‘lib chempionat top-4 ligiga kirdi, shu bilan birga o‘z transfer narxlarini oshirib olishdi. Yaqin kelajakda ularga yog‘li shartnomalar, uzoq istiqbolda esa — hurmat va faxrlanish tuyg‘ulari kafolatlangan.

Ha, futboldagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng buyuk yutuqqa bir qadam qolganida futbolchilar kelajakni o‘ylashmaydi. Ammo marokashliklarda bugunning o‘zida jiddiy muammolar yuzaga keldi: turli jarohatlar tufayli asosiy tarkibning birdaniga besh futbolchisi — Mazraui, Saiss, Agerd, Amrabat va Ziyosh o‘yinga tushishi so‘roq ostida qoldi. Ulardan istalgan birining yo‘qligi jamoa uchun sezilarli darajada, chunki Marokash jamoasi individual tomondan emas, aynan bir butunlik va jamoaviy o‘yin yaxshi muvofiqlashtirilgani tufayli kuchli hisoblanadi.

Afrikaliklarning yangi taktikasi

O‘ynashi savol ostida bo‘lganlarning barchasi boshlang‘ich tarkib e’lon qilinganida safda edi, ular ukol bilan o‘ynashga tayyor bo‘lishgan. Ammo o‘yindan oldingi chigalyozdi mashg‘ulotlaridan keyin Agerd boshlang‘ich tarkibdan tushib qoldi, birinchi bo‘lim o‘rtalarida esa jamoa sardori Saiss almashtirildi. Ikki markaziy himoyachi ham butun turnir davomida marokashliklar mudofaasida fenomenal darajada o‘yin ko‘rsatishgandi, lekin amaldagi jahon chempionlariga qarshi hal qiluvchi bahsda yordam bera olmaydigan bo‘lishdi.